Tuxumbarak tayorash
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Tuxumbarak tayorash
- Дата релиза: 17-08-14, 00:08
Masalliqlar:
Xamiriga:
-100 ml(0.5 st) suv
-1ta tuxum
-140 gr(1 st) un – qattiqroq xamir bo’lgunicha un solinadi
-1 choyqoshiq tuz
-1 oshqoshiq yog’
Nachinkasi:
-6 ta tuxum
-12 oshqoshiq sut (1 tuxumga 2 oshqoshiq sut, 1 oshqoshiq saryog' to’g’ri keladi)
-0.5 choyqoshiq tuz
-6 osh qoshiq saryog(o’simlik yog’I solsa ham bo’ladi)
-qozonda qaynab turgan suv
Xamirini tayyorlash:
-Suv, tuxum, un va tuzni solib xamir qoriladi. Tayyor bo’lgan xamirga 1 osh qoshiq o’simlik yog’I solib singgunicha qoriladi va 15 minutga tindirib qoyiladi.
-Tingan xamirni yupqa qilib yoyamiz.
-Yoygan xamirimizni radiusi taxminan 3sm lik idishda(masalan, stakan) kesib chiqamiz.
-Kesilgan xamirning ichki qismi yopishmasligi uchun unga belab, chiziq hosil qilish uchun o’rtasidan buklanadi.
-Qayta ochib, chiziqning bir tomoniga o’rtasidan joy qoldirib, jimjiloqning uchini tuzli suvga botirib hamirning ikki chetiga suriladi, keyin yopishtiriladi. Chekkalarin unga tekkazib, terib chiqiladi.
Nachunkaning tayyorlanishi :
-Tuhumiga sut sariyog’ tuz solib pichoqda yahshilab aralashtiriladi
Pishirish:
-Taxlangan xamirni ochib, nachinkani solib, og’zini yopsihtirib, qozonda qaynab turgan tuzli suvga tuxumbaraklarni solamiz.
-Tuxumbaraklar suv yuzasiga qaynab chiqqach, biroz qaynagandan keyin olinadi. Tuxumbarak shishib turgan bo’lishi kerak. Hammasini shu tarzda pishirib, kattaroq idishga suzib olamiz. Bir-biriga yopishmasligi uchun saryog’ surib chiqamiz.
-Tuxumbarak tayyor! Likopchaga suzib dasturxonga tortamiz. Alloh barakot bersin!
Смс Шерлар