Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » Umurtqa pog‘onasi salomatligini saqlash uchun nimalar qilish kerak?
Umurtqa pog‘onasi salomatligini saqlash uchun nimalar qilish kerak?

Umurtqa pog‘onasi salomatligini saqlash uchun nimalar qilish kerak?

  • Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
  • Название: Umurtqa pog‘onasi salomatligini saqlash uchun nimalar qilish kerak?
  • Дата релиза: 20-05-17, 00:12
Umurtqa pog‘onasi salomatligini saqlash uchun nimalar qilish kerak?
“Sog‘liqni yoshlikdan asrash kerak” degan ibora juda to‘g‘ri aytilgan. Haqiqatan ham keyin pushaymon bo‘lmaslik uchun, salomatlik to‘g‘risida hozirdan qayg‘urish zarur. Shu jumladan umurtqa haqida ham. Umurtqa bizning tayanch a’zomiz hisoblanadi, u tanamizni tutib turadi va bizga erkin harakat qilishga imkon beradi.

E’tiboringizga umurtqani sog‘lom tutish to‘g‘risida bir necha maslahatlar havola etmoqchimiz.

Qomatingizni tik tuting. Gavdani to‘g‘ri va tik tutish – bu faqat chiroyli ko‘rinish uchun emas, balki salomatlik uchun ham foydali. Buni hech qachon unutmang. Hatto siz uyda bo‘lganingizda ham, sizni hech kim ko‘rmayotgan bo‘lsa ham baribir yelkangizni to‘g‘ri tuting. Qomatingiz chiroyli bo‘lishi uchun qorningizni biroz tortishga va yelkangizni sal orqaga qilishga harakat qiling. Boshingizni sal ko‘tarinki holatda tuting.

Jismoniy mashqlar to‘g‘risida unutmang. Jismoniy mashqlar umurtqa sog‘lom bo‘lishi uchun zarurdir. Har kuni ertalab mashq qilishni unutmang. Shuningdek, siz umurtqa uchun foydali bo‘lgan yoga mashqlari bilan ham shug‘ullansangiz bo‘ladi.

To‘g‘ri ovqatlaning. Zararli ovqatlarni iste’mol qilish oqibatida umurtqada toksinlar yig‘ilib qolishi mumkin. Bu har xil kasalliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun sog‘lom ovqatlanish tarziga rioya qiling, organizmni toksinlardan tozalashga yordam beruvchi oziq-ovqatlarni ham iste’mol qiling. Ko‘proq meva va sabzavotlar yeng.

Vazningizni me’yorda saqlang. Agar vazningiz me’yordagidan ko‘p bo‘lsa, umurtqangiz ortiqcha og‘irlikdan qiynaladi. Shuning uchun vazningizga e’tibor bering va uni me’yordan oshirmaslikka harakat qiling. Bu borada sizga jismoniy mashqlar va to‘g‘ri ovqatlanish yordam beradi.

Og‘ir narsalarni ko‘tarmang. Umurtqangiz sog‘lom bo‘lishini istasangiz haddan tashqari og‘ir narsalarni ko‘tarmaslikka harakat qiling. Agar siz og‘ir narsalarni ko‘tarishga majbur bo‘lib qolsangiz, buni to‘g‘ri bajaring. Og‘ir narsani ko‘tarayotganda gavdangizni to‘g‘ri tuting. Ya’ni, yerdan biron narsani ko‘tarishda, yuk og‘irligi umurtqaga bir xil tushishi uchun o‘tirgan holatda ko‘taring. Buni shoshilmasdan va keskin harakatlarsiz amalga oshiring.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: