Uy sharoitida chizkeyk tayyorlaymiz
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Uy sharoitida chizkeyk tayyorlaymiz
- Дата релиза: 22-05-17, 19:12
Uyda tayyorlangan chizkeyk – bu o‘ziga xos, mayin, juda mazali va ko‘p mablag‘ talab qilmaydigan pishiriq. Chizkeyk uchun pishloq – qaymoq, qatiq va ryajenkadan tayyorlanadi.
Kerakli masalliqlar:
Asosi uchun
Qumoq pechenye — 200 g
Sariyog‘ — 80 g
Pishloqli qatlam uchun
Qatiq — 500 g
Ryajenka — 1000 g
Qaymoq — 500 g
Tuxum — 3 dona
Shakar — 100 g
Kraxmal — 2 osh q.
Tayyorlanishi:
Birinchi navbatda pishloq tayyorlashimiz kerak. Buning uchun qatiq, qaymoq va ryajenkani bir idishga solib aralashtiramiz va to‘liq muzlaguncha muzlatgichga qo‘yamiz.
Bunday oziq-ovqatlar taxminan 6–8 soatda muzlaydi. Pishloq tayyorlashda ishlatiladigan masalliqlarni iloji boricha eng yog‘lilaridan tanlaganingiz ma’qul. Muzlagan aralashmani idishdan oson ajratib olish uchun, idishning sirtidan qaynatilgan suv quying.
Muzlatilgan massani qalin matoga yoki 4—6 qavat qilib buklangan dokaga soling va uchlarini tugib, xona haroratida erishi uchun ilib qo‘ying. Zardobi chiqib ketishi uchun uning tagiga idish qo‘ying.
Zich va bir tekis pishloq hosil bo‘ladi.
Bunday pishloqni sovutgichda taxminan 4 kun saqlasangiz bo‘ladi.
Pishloq tayyor bo‘lgandan keyin chizkeyk tayyorlashni boshlashingiz mumkin.
Pechenyeni juda mayda qilib ushating.
Sariyog‘ni eriting va uni pechenyega qo‘shib aralashtiring.
Hosil bo‘lgan aralashmani formaga solib mahkam shibbalab bosing.
Formaning diametri 20 santimetr bo‘lgani ma’qul.
Pishloqli qatlamni tayyorlaymiz. Pishloqqa shakar, kraxmal va tuxumni qo‘shamiz. Hammasini yaxshilab aralashtiramiz. Yumaloqchalarsiz bir tekisdagi massa hosil bo‘ladi.
Pishloqli massani formaga joylaymiz va to‘g‘rilaymiz. Chizkeykni duxovkada bir soat davomida 150–160ºC haroratda pishirib olamiz.
Chizkeykning usti sal sarg‘ayishi va markazi jele kabi biroz liqillab turishi kerak.
Tayyor chizkeyk to‘liq forma ichida soviydi.
Chizkeyk tayyor bo‘lgandan so‘ng formadan kesib oling va idishga qo‘ying. Va 4 soat sovitgichda saqlang. Bu vaqt ichida u zichlashadi va yanada mazaliroq bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар