Yumshoqqina kartoshkali blinchiklar tayyorlaymiz
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Yumshoqqina kartoshkali blinchiklar tayyorlaymiz
- Дата релиза: 23-06-17, 21:59
Ular har qanday nonushtani bezaydi va tushlikda uydagilaringizni xursand qiladi. Issiq va shirin bo‘lmagan bu pishiriqni tatib ko‘rishingiz bilanoq dasturxoningizning doimiy ne’matiga aylanadi. Ayniqsa bu mazali taom uchun juda oddiy oziq-ovqatlar talab qilinadi va balki bugun ular sizning sovutgichingizda bor bo‘lishi ham mumkin.
Kerakli masalliqlar:
5 dona o‘rtacha kartoshka,
katta piyolada sut,
bir yarim piyola un,
3 dona tuxum,
1 osh q. shakar,
bir chimdim tuz,
3 osh q. + 2 osh q. o‘simlik yog‘i,
ta’bga ko‘ra ko‘kat va sarimsoq.
Kartoshkalarning po‘stini archib tozalang va bo‘laklarga ajrating, ularni qaynating, keyin biroz sovuting, undan pyure tayyorlang.
Sutni isitamiz, bir vaqtning o‘zida pyurega tuxum va un qo‘shamiz. Ularni aralashtirishni boshlaymiz, issiq sut va tuzni qo‘shamiz. Hosil bo‘lgan xamirga maydalab to‘g‘ralgan ko‘katni va sarimsoqni solamiz, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘ini aralashtiramiz. Aralashmaga yarim soat dam beramiz.
Va nihoyat ishtahani qo‘zg‘atuvchi kartoshkali blinchiklarni pishirishga kirishamiz! Buning uchun kichkina tovani yaxshilab qizdiring va uni qolgan o‘simlik yog‘i bilan moylang. Blinchiklar juda yumshoq bo‘ladi, shuning uchun yaxshisi ularning diametri unchalik katta bo‘lmagani ma’qul va ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ag‘darish kerak.
Aytgandek, keyingi safar siz yaxshi ko‘rib qolgan bu blinchiklarga shirin bo‘lmagan boshqa qaylalarni ham tanlashga harakat qilib ko‘rishingiz mumkin: masalan, go‘shtli yoki dimlangan karamdan.
Sizga yoqimli pazandalik tajribalarini tilaymiz!
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар