Ginnes Rekordlari Kitobi
- Категории: Qiziqarli faktlar
- Название: Ginnes Rekordlari Kitobi
- Дата релиза: 14-07-14, 18:16
Hammasi juda oddiy boshlangan. 1759 yil Artur Ginnes Irlandiyaning Dublin shahrida pivo tayyorlash korxonasini ochadi. Mazkur zavod XX asrning o‘rtalarigacha ham xotirjam faoliyat ko‘rsatadi. 1833 yilda oddiy korxona Irlandiyaning eng yirik pivo zavodi darajasigacha ko‘tarildi. Xullas, «Ginnes» savdo belgisi 1930 yilga kelib, Buyuk Britaniyani to‘laligicha zabt etdi.
1951 yilda «Voksford» kompaniyasi mahalliy ovchilar uchun tashkil etgan kechki ovqatga «Ginnes»ning boshqaruvchi-direktori Xyu Biver ham tashrif buyuradi. Qiziqqon janob Xyu mehmonlardan biri bilan tilla rang rjanka dunyodagi eng tez uchadigan qush deb tortishib qoladi. Bahs qanday yakunlanganligi noma’lum, lekin bu masala oradan bir qancha vaqt o‘tib, yana ko‘tariladi. Bu safar tilla rang rjanka tezroq uchadimi yoki Shotlandiya kakligimi, degan masala muhokama mavzusiga aylanadi. Ana o‘shanda janob Biver bunday jumboqlarni hal etish uchun maxsus ma’lumotnoma bo‘lishi kerak, deb o‘yladi. Negaki, odamlar rasmiy biror manbaga ega bo‘lmay turib soatlab va besamar bahslashaverishlari mumkin. Oxir-oqibat tomonlar ko‘pincha o‘z fikrini ma’qullagancha qolaveradi.
Kompaniya rahbari o‘ziga xos bunday ma’lumotnomalar Ginnes kompaniyasi tomonidan tarqatilsa, yomon bo‘lmasdi, degan xayolga boradi. Pivo entsiklopediyasi ustida ishlash Norris va Rossi Makuirterlarga topshirildi. Ko‘p sonli faktlar to‘plandi, saralandi va har biri mutaxassis tasdig‘idan o‘tkazildi. Bularning hammasi uchun bir yil vaqt kerak bo‘ldi. 1955 yil 27 avgustda birinchi marta 198 sahifali nashr dunyo yuzini ko‘rdi. Keyinroq u «Ginnes rekordlari kitobi» nomini oldi. Birinchi bor kitob bosish sohasida olamshumul roman yoki detektiv asar emas, balki oddiy entsiklopedik ma’lumotnoma dovrug‘ qozondi. Qizig’i, dunyodagi eng koʻp oʻgʻirlanadigan kitob sifatida ushbu kitob "Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritlagan bo’lib, uning har yili 2700 tasi oʻgʻirlanar ekan.
Bugungi kunda «Ginnes rekordlari kitobi» dunyoning 40 ta mamlakatida ingliz tilida nashr etilib, 37 tilga tarjima qilinadi. 1984 yilda kitobning million nusxasi sotilgan. 1994 yilda esa, bu ko‘rsatkich 75 millionga ko‘tarilgan. «Ginnes rekordlari kitobi» o‘ziga xos tizimga aylangan. Negaki, undagi ma’lumotlar qisqa vaqtda eskiradi. Ularni yangilab turish uchun esa, turli mamlakatlarda yangi rekordlarni ro‘yxatga oluvchi va maxsus diplom bilan taqdirlovchi hay’at guruhlari tuzilgan.
Agar siz ham qaysidir sohada rekord o’rnatmoqchi bo’lsangiz, Ginnes Rekordlari websahifasi orqali ariza topshirishingiz mumkin.
Ginnes Rekordlar kitobining 2013 yilgi versiyasini quyidagi ssilka orqali kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin.
http://mirknig.com/2012/11/20/guinness-world-records-2013.html
manba: uzbegim.info, guinnessworldrecords.com, wikipedia.org

Смс Шерлар