Главная » Qiziqarli faktlar » Qizlar bilan tanishish qoidalari
Qizlar bilan tanishish qoidalari

Qizlar bilan tanishish qoidalari

  • Категории: Qiziqarli faktlar
  • Название: Qizlar bilan tanishish qoidalari
  • Дата релиза: 14-07-14, 18:07
Qizlar bilan tanishish qoidalari
Qizlar bilan ilk marotaba tanishganda shunday hatoliklarga yo`l qo`yamiz-ki, keyinchalik bular bizning munosabatlarimizga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi. Albatta, ko`pchilik bunday holatlarni yuzlarida tabassum bilan yodga olishadi. Lekin bu holatdan doimo ham kulgu bilan chiqib keta olmaysiz. Shu sababli qizlar bilan tanishishdan avval quyidagilarni bilib o`lsangiz o`zingizga foyda bo`ladi.

1. O`ZINGIZNI MUHABBAT ASIRIGA AYLANTIRMANG

U haqda kamroq o`ylang. Hayolingizda uning tasvirini chizishni ham bas qiling. Ayolga sizning fikrlaringizni band etishga imkoniyat bermang. Agar shunda ham muhabbat dardiga duchor bo`lsangiz, unga buni bildirmang. Albatta, ayollarda ichki hissyot juda rivojlangan. Bu sizga qiyin bo`lishi mumkin. Agar u sizning yaxshi ko`rishingizni payqasa, bu sizga jarima bo`ladi. Ayollar bilan bo`ladigan aloqalarning barchasini yakkama-yakka o`ynladigan o`yinga qiyoslash mumkin. Siz keyingi uchrashuvlarni hayajonga berilmagan holda rad eting. Unga ko`p qo`ng`iroq qilmang. Siz qilayotgan qo`ng`iroqlar soni u sizga qilayotgan qo`ng`iroqlar sonidan ortib ketmasin. Ammo, ataylab qilayotganingizni sezdirmaslikka harakat qiling.
Yodda tuting: agar bu qism shartlarini bajarmasangiz, qolgan shartlar o`z kuchini yo`qotadi!

2. AYOLNI YAXSHILAB O`RGANIB CHIQING

Siz o`zingiz uchun yangi yo`nalish toping. Qizni "skaner" qilib, "rentgen"dan o`tkazib o`rganing. Muhimi uning qalbiga yo`l toping. Uning qiliqlari, qiziqishlari, yomon ko`rgan narsalarini bilib oling. Agar u termush qurgan bo`lsa, extiyot bo`ling. Eng asosiysi uning turmush o`rtog`ini yomonlamang. Yaxshisi uni himoya qilishingiz to`g`risida ikki og`iz gapirib qo`ying.

3. TASHQI KO`RINISHINGIZGA E`TIBORLIROQ BO`LING

Tashqi ko`rinish o`zaro aloqalar o`rnatishda muhim rol o`ynaydi. Agar ayol sizga "erkak kishi maymundan farq qilsa bo`ldi", desa, ishonmang! Albatta, go`zallik bu nisbiy tushuncha. Agar sizdab ter hidi kelib tursa yoki tirnoqlaringiz osti kir bo`lsa, yaxshisi siz tanishish haqida o`ylamang.
Kiyim ham bu borada muhim unsur hisoblanadi. Hayotda avval soatini, keyin botinkasini, so`ngra yigitning o`zini yoqtirib qolgan hodisalar ham uchragan. Biroq kiyimga katta e`tibor berish ham talab etilmaydi. Muhimi ular toza va o`zingizga yarashib turadigan bo`lishi lozim.

4. "ERKAK BO`LING"

Xarakteringizga katta e`tibor qarating - qiyin vaziyatlarda his-hayajonga berilmasdan, hazil bilan vaziyatni yumshating. Jiddiylikni saqlang. Mimikangizning holatiga ham alohida e`tibor bering. Ayollar masxaraboz erkaklarni yoqtirishmaydi. Qizni turli laqablar ("mushukcham" va boshqalar) bilan atamang. Yengiltaklik, bolalarga hos qiliqlar qilmang. Agar u sizga "Huddi yosh bolaga o`xshaysiz-a", desa, tamom. Munosabatlaringizni yaxshilash yo`llarini qidiravering.
Ayollar aqlli erkaklarni yoqtirishadi. Lekin siz buni suyiste`mol qilmang. Uning fikrlarini o`zingizning "temir mantig`ingiz" bilan bo`lmang. Bu holat munosabatlarga yomon ta`sir o`tkazadi.

5. ZIQNALIK QILMANG

Ayollar ziqna erkaklarni hush ko`rishmaydi. Agar sizda moliyaviy muammolar bo`lsa, go`zal xonimlar haqidagi orzularingizni unuting. Cho`ntagingizga pul tushsa, o`zingizga yaqin bo`lgan qizni restoranga taklif qiling. U yerda unga eng qimmat taomlardan totib ko`rishni maslahat bering. Statistika ma`lumotlariga ko`ra bunday sahiylikka mahliyo bo`lgan ayol, biron-bir arzonroq taomga buyurtma berishi aniqlangan. Ko`plab arzon sovg`alarga ovora bo`lmasdan, bitta qimmatini sovg`a qiling. Siz ayolga o`z qarashlaringizdan kelib chiqib emas, balki uning ko`nglidagi narsani sovg`a qilishga harakat qiling.
Shuni unutmang-ki, ortiqcha qilingan harajat ham qizning ko`nglini sovutib qo`yishi mumkin. Agar sizlar taksiga o`tirib, unga keragidan ko`p pul bersangiz, siz haqingizda qiz quyidagilarni o`ylashi mumkin:
- Ahmoq, bu pul bilan yarim kun aylansa bo`lardi.
- U taksida juda kam yuradi.
- U savdolashishni bilmaydi, u bilan uzoqqa borib bo`lmaydi.
- U mening yonimda o`zini shunday tutyapti. Demak, tushunchasi yaxshi emas ekan.

6. UNI TINGLANG VA AKSINI BAJARING

Gap shundaki qizlarning ko`pchiligi o`zlari o`ylayotgan narsaning reskarisini so`rashadi. Agar biror qiz sizni hech qachon sevib qolmasligini aytsa, bu haqiqat bo`lishi mumkin. Lekin, ko`p hollarda buning aksi bo`lib chiqadi.

7. ALOQALARGA ANIQLIK KIRITISHGA HARAKAT QILMANG

Qiz sizni sevadimi-yo`qmi, bilishga harakat qilmang. Undan bugun nega kayfiyati yo`qligini, shirin so`zlar bilan sizni siylamayotganligi haqida so`ramang. Biror marta bunday suhbat sizlarning boshingizdan o`tgan bo`lsa, butun umrga yutqazdim deb hisoblayvering.

8. UNGA MASLAHAT BERMANG

Har qanday holatda ham ayollarga maslahat bermang. Qanday bo`yanadi, qanday kiyinadi, o`zi hal qilsin. Buni u o`ziga nisbatan haqorat deb qabul qilishi mumkin. Hatto u o`zining bugungi hunuk ko`rinishi haqida fikringizni so`rasa ham sizning nigohlaringizda undan go`zali yo`qligini ayting.
Ilmiy yoki ish yuzasidan maslahatlarda esa boshqacha yo`l tuting. Ularda ham ehtiyotkorlik talab etiladi. Yaxshisi siz u sizning oldingizga qo`ygan variantlar ichidan keraklidini tanlab olishga yordam bering.

9. O`ZINGIZGA ISHONING

Bilasizmi, kecha siz havas bilan qarab turgan qiz bugun sizniki bo`lishi mumkin. Umuman tanishib bo`lmaydigan ayollar yo`q. Ular ham biz istagan narsani hohlashadi. Bizningcha siz shu qizning orzusidagi yigitsiz. O`zingizga ishonch bilan qarang. Lekin o`zingizni birnchi o`ringa qo`ymang. Ayollar egoistlarni yoqtirishmaydi.
Agar siz shu qoidalarga amal qilsangiz o`ylaymizki ko`nglingizdagi qiz bilan tanishish sizga ancha oson bo`ladi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: