Yer Yuzidagi “Do’zax”
- Категории: Qiziqarli faktlar
- Название: Yer Yuzidagi “Do’zax”
- Дата релиза: 14-07-14, 18:19
Efiopiyaning shimolida joylashgan Danakil saxrosini "Yer yuzidagi do‘zax” deb atashadi. Bunga sira ajablanmasangiz ham bo‘ladi. Vulqon tufayli bino bo‘lgan bu ovloq joylarda nafas olish uchun kislorod yo‘q, ammo zaharli gazlar bilan to‘yingan 50 darajali qaynoq havo istagancha topiladi. Cho‘lda sayr qilish salomatlik uchun zararli bo‘libgina qolmay, balki aniq o‘limga eltadi.
Aql bovar qilmas, do‘zahona issiqqa bir amallab chidash mumkin. Ammo har qadamda uchrovchi, bexosdan uyg‘onib qoluvchi vulqonlarga nima deysiz? Vulqonlardan birontasiga tushib ketish va sariq-qizil lava ichida tiriklayin pishib qolish xavfi juda katta. Bundan tashqari, oltingugurt bug‘laridan nafas olish oqibatida darrovgina rihlatga ravona bo‘lib qolish ham mumkin. Bularga yana qo‘liga qurol olgancha, vaqti-vaqti bilan suv va ovqat izlab, yo‘lga chiqadigan mahalliy aholini ham esdan chiqarmang. Shu sababli Afrikaga sayohatga otlansangiz, yo‘nalishingizni Zaharli cho‘ldan uzoqroqqa mo‘ljallang

Смс Шерлар