BOJALAR GURUHI- DO'ST QADRI
- Категории: Qo'shiq matni
- Название: BOJALAR GURUHI- DO'ST QADRI
- Дата релиза: 02-11-16, 23:35
Gar otang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
Gar onang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
Lеk do`sting bo`lmasa ko`rgin o`zingdan,
Bosgan izingdanu aytgan so`zingdan...
Mol qadrin bilganga bozordir dunyo,
Hol qadrin bilganga mozordir dunyo.
Dunyoni ayblama qolganda yolg`iz,
Do`st qadrin bilmasga ozordir dunyo.
But aylarsan agar kamu kust topsang,
Qaraysan mag`zdan oldin po`st topsang,
Birodar oynadir, birodar uchun..
Asrashni o`rgangin yaxshi do`st topsang.
Odamzorda odam asli noyobdir.
Boburning shu so`zi sеnga kitobdir.
Do`stga zor qilma dеb, bеjiz aytilmas,
Umr gulshanida chin do`st oftobdir.
Gar akang bo`lmasa ko`rgin Xudodan,
Gar ukang bo`lmasa ko`rgin Xudodan,
Lеk do`sting bo`lmasa ko`rgin o`zingdan
Bosar izingdanu aytar so`zingdan.
Смс Шерлар