Shoxrux-Layli Va Majnun
- Категории: Qo'shiq matni
- Название: Shoxrux-Layli Va Majnun
- Дата релиза: 02-11-16, 23:30
Muhabbat, bormikan undan davo
una bir a`zo, na bir hato, agarda qilsa mubtalo
holating aniq yuz tuban g`aribu gado,
na bir ihlos qoldi, na bir nafsingni hojatiga ahamiyat
hamma narsa bitib bo`ldi ado
yuragimni makonu honadon qilib oldi ming dardu balo
honavayronman, ko`rindi asli yuzida natijalar
derazamning ortidan u darbadari bemakon yig`laydi bulutlar
so`ndi orzular, to`htatildi marralarga intilish kabi harakatlar
tuyg`ularing bilan bog`langan sifati Jamil,
misoli Layli bilan ko`mildi hayollar,
Majnuni Qays bo`ldim, man misoli Karbalo,
ufuqdagi yomg`irlarga borib qo`shildim guyo-ki sabo
mano Majnunman, qayerdadur Layli
Yo`qdur, hatti harakatimga javobim yo`q
yo`llarimda hoqsor iroda-yu toqatimga ishonchim yo`q
o`ldi kibri havo, bekindi borliq ortida, kamina-yu shahsiyat
bo`ldim ahli salomatdan ahli malomat
sevgi nima o`zi u? kim biladi? o`rganilmadi ohiri nazorat
muhabbat bu o`ziga yarasha yuraklardagi bir kichik ohirat, to`la nadomat
yanada, jismingda yahshi yoki yomon iz bo`lib qoladigan ming asorat
muhabbat bu bemorlig-u bedorlik, ochiq oydin haqiqat
kechalari giryonlik,
tuyg`ularing bilan bog`langan sifati Jamil,
misoli Layli bilan ko`mildi hayollar,
Majnuni Qays bo`ldim, man misoli Karbalo,
ufuqdagi yomg`irlarga borib qo`shildim guyo-ki sabo
telba Majnunman, boru yo`g`im Layli
Смс Шерлар