Главная » Qo'shiq matni » UmmoN - Azob (Qushiq matni)
UmmoN - Azob (Qushiq matni)

UmmoN - Azob (Qushiq matni)

  • Категории: Qo'shiq matni
  • Название: UmmoN - Azob (Qushiq matni)
  • Дата релиза: 19-02-16, 00:16
UmmoN - Azob (Qushiq matni)
Gapirma jim.
O`z ko`zlarim bilan ko`rdim,
Yo`limdan qoch.
Hammasidan to`yib ketdim.
Necha bora xiyonat,
Lekin kechiraverardim sevganim
sabab.
Meni unut bugundan boshlab.
Ketaman, lekin nimadur mani
ortimga tortar,
Lek ishonaman bir kun yurak uni
unutar.
Xayotda xatoyim bo`ldi man sani
uchratganim
Bundanam battari bo`ldi sani
sevib qolganim.
Lekin to`lib bo`lgan sabr kosam,
Ketaman. Izlab yordam.
Yuragim to`xtab bo`lgan.
Qo`llarim ko`ksimga qo`ysam,
Olsam qo`llarim qon.
O`sha qonda ham seni visoling
namoyon.
Endi yuragim urmasa kimga ham
kerakman?
Yuragim san bilan qoldi sanga
kerakmasman,
O`zi keragim bo`lganmi bu
dunyoda bir zum?
Ayt hech bo`lmasa,
sog`inganmiding mani bir kun?
Ko`zlarim xiralashdi, yuragim
umuman yo`q.
Astalab kun botardi orqaga esa
yo`l yo`q.
Ko`chada qish kunlari manga
yomon sovuq.
Shunda ham sani esladim sanga
qizig`i yo`q,
Sanga qizig`i bo`lmasa, kimga
qizig`i bor?
Axir sandan ortiq bu dunyoda
mani kimim bor?
Sanam Mandan voz kechding
endi manda hech kim yo`q.
Mani uyqum keladi lekin
ko`chada sovuq,
Agar xozir uxlasam
uyg`onmasligim tayin.
Ko`karib ketdi lablarim chiday
olmadim,
Ko`zlarim yumildi.
Yaxlab qolgan kipriklarim bir –
biriga ulandi,
Hammasi bugun tugadi.
Ko`zlarim ochilganda qandaydur
xonadonda yotardim
Bir o`zim.
Chamasi yarim soatdan keyin
kirib keldi begona insonlar,
Lekin mehrga to`la ko`zlar
Mani asrab qoldi 18 yoshli go`zal.
Oradan o`tardi kunlar
Lekin mani hamon qiynardi
o`sha o`ylar,
Xatto begona insonchalik
bo`lolmading menga
Shu begona insonlar malham
bo`ldi dardimga.
18 yoshli qiz turg`izdi meni
oyoqqa,
Agar shu qiz bo`lmaganda
borardim qayoqqa?
Mehribon ekan, qutqardi mani
o`limdan,
O`sha kuni baxt uchradi manzili
yo`q yo`limdan,
Astalab sekin, unga tushdi
ko`nglim
Unga Berdim mehrim.
Lek yuragim bera olmadim.
Chunki o`sha ayanchli kun, yurak
qoldi senda
Azobu uqubatdan ortiq ne qoldi
menda?
Lekin esingdan chiqarma bir kun
kelib boraman!
Sanda qolib ketgan yuragim
qaytib olaman.
Sani oshiqlaringdan endi mani
kamim yo`q.
Manda ham moshina bor, kiyim-
kechaklarim ko`p.
Axir senga yoqmasmidi kimda
moshina bo`lsa,
Kimda kiyimlari ko`p, har kuni
alishtirsa?..
O`sha payt man netay sharoitim
bo`lmagan.
Axir sen emasmiding mani shu
ko`yga solgan?
Bugun kun botib, sani oldinga
boraman,
Sanda qolib ketgan yuragim
qaytib olaman.
Yaqinlashganim sari san
tomonga
Ich – ichimdan to`lib ketdim
negadur hayajonga
Eshik oldida turib ozgina
shoshilmadim.
Avval uy atrofiga nazarimni
tashladim.
Hammayoq isqirt edi, umuman
qaralmagan.
Bo`tta halovat tugab, yovuzlik
hukm surgan.
O`ylanib ko`nglimda so`ngra
bosdim tugmani,
U esa chiqib keldi, ko`zlarida
yoshlari,
Yoshini ko`rib ichimdan suyunib
ketdim…
Axir mani axvolimga u
achinmagan edi.
O`ylab ko`rsam manga u yurakni
keragi yo`q.
Manda boshqa yurak, manga
o`sha yurak kerak.
Sanda Qolib ketganini esa
o`zinga olib qo`y.
Unga sandan boshqa hech kim
sig`maydi bilib qo`y
Keyin chiqib ketdim ortimni
o`girib,
U esa ortimdan chiqdi, yalinib –
yolvorib.
Lekin sani kechirmayman bu
dunyoda hech qachon.
Axir sani sevganimda ketding
mani o`ldirib.
Gapirma jim.
O`z ko`zlarim bilan ko`rdim,
Yo`limdan qoch.
Hammasidan to`yib ketdim.
Necha bora xiyonat,
Lekin kechiraverardim sevganim
sabab.
Meni unut bugundan boshlab.
Gapirma jimmmmm!!!!

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: