Ona tili bayram senariysi (2019)
- Категории: 21 Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar
- Название: Ona tili bayram senariysi (2019)
- Дата релиза: 16-10-19, 01:44
Maktab sahnasi va zal "So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar, Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar”, "Til – millat ko‘zgusi”, "Til – oinayi jahon” kabi shiorlar, hikmatli so‘zlar, o‘zbek tili rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk siymolarning suratlari, devoriy gazetalar bilan bayramona bezatiladi. O‘quvchilar tayyorlagan ijodiy va ilmiy ishlardan namunalar ilinadi.
Sahna pardasi ochilib, 8 nafar ishtirokchi o‘quvchi karnay-surnay sadolari ostida chiqadi va quyidagicha joylashadi:
(Ishtirokchilar she’r o‘qiyotganda ekranda yurtimizning go‘zal manzillari, buyuk ajdodlarimizga oid lavhalar namoish etiladi.)
1-o‘quvchi:
Mir Alisher bobomizdan
Meros bo‘lib qolgan tilim.
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va qiyos olgan tilim.
Shunday tildan tonar bo‘lsam,
Qiyma-qiyma bo‘lsin tilim.
Alla bo‘lib jaranglagan
Ona tilim – jon-u dilim.
2-o‘quvchi : Assalomu alaykum, qalbi quyosh, mehridaryo, aziz ustozlar hamda bilimga chanqoq o‘quvchilar! Bugun ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 26 yil to‘ldi. Ushbu ayyom munosabati bilan barchangizni (hamma jo‘r bo‘lib) MUBORAKBOD ETAMIZ!
(Davrani ochish uchun so‘z navbati maktab direktori yoki ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiga beriladi.)
5-o‘quvchi:
Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.
6-o‘quvchi:
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqida qonun qabul qilindi.
4-o‘quvchi:
O‘zbekiston Respublikasi Kon¬stitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: "O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”.
7-o‘quvchi:
O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida”gi qonunining 4-moddasida quyidagicha keltirilgan: "O‘zbekiston Respublikasida Davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millat va elatlarning tillariga izzat va hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o‘rgatish bepul amalga oshiriladi”.
3-o‘quvchi:
Eshitganman ilk bor shu tilda alla,
Kuylaganman ilk bor shu tilda yalla.
O‘zbegim o‘zligi timsoli sensan,
Shu tilda kuylayver, kuyla baralla.
(Ona obrazidagi o‘quvchi sahnaga chiqib, beshik tebratadi; alla yangraydi.)
8-o‘quvchi:
So‘zi qudratli, sirli,
Ham go‘zal, ham sehrli,
Go‘yoki tirik jondek,
Muhabbatli, mehrli,
Go‘zal jonona tilim,
Asl durdona tilim.
Dilimiz torjimoni,
Sen millatning mulkisan,
Chiroylisan, ko‘rklisan.
Fe’l-atvori, ruhini
Aks ettirgan ko‘zgusan,
Donishmand, dono tilim,
Asl durdona tilim.
Sensiz na ilm bo‘lar,
Na fikr, bilim bo‘lar.
Sen bo‘lmasang so‘zlarnnig,
Bag‘ri ming tilim bo‘lar.
Onajon, ona tilim,
Mening shohona tilim.
3-o‘quvchi:
Til haqida buyuklar shunday deganlar:
"Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so‘z bil”. Alisher Navoiy.
"Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”. Abdulla Avloniy.
"Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar”. Islom Karimov.
(Sahnaga 6-sinf o‘quvchilari taklif etilib, fonetikaga oid topishmoq va quvnoq she’rlar o‘qiladi).
1. Yettida bor,
«Yettov»da yo‘q.(Javob: "i” tovushi).
2. Bir so‘zda bir xil undosh
Ketma-ket qator kelar.
Misol topib aytinglar,
Ular qanday tovushlar?
(Javob: qator undosh tovushlar).
3. «Arra»da ikkita bor,
«Yalla»da ham shuncha bor,
Yana qaysi so‘zlarda
Shu holat bo‘lar takror?
(Javob: karra, zarra, alla, malla, kalla, salla...)
4. Til uchi milkka tegib,
Havo yo‘lini to‘sar.
So‘ngra birdan ochilib
Tovushlar portlab chiqar.
Topsin dono bolalar,
Ular qaysi tovushlar?
(Javob: d, t, l, n tovushlari.)
5. Bordir olti xil tovush,
Ular cho‘zib aytilar.
So‘z tuzilmas ularsiz,
O‘ylang, balki toparsiz?
(Javob: unli tovushlar.)
1-o‘quvchi:
Qanday yaxshi so‘z, kalom,
Odob boshi –"Assalom”.
Xush yoqadi hamma vaqt,
"Rahmat”, "Xo‘p-xo‘p”, "Marhamat”!
2-o‘quvchi:
Yayratadi dilingni,
Do‘stlarning "Xush keling”i.
So‘nggi so‘z ham alomat:
"Xayr, bo‘ling salomat”.
(Sahnaga laparchi qizlar chiqib, "Omonyor”, "Chitti gul”, "Jamalagi tillo” kabi xalq qo‘shiqlaridan namunalar ijro etishadi.
Tadbirda ona tilimizning qadri va boyligini tarannum etuvchi boshqa sahna ko‘rinishlarini ham namoyish etish, musobaqalar uyushtirish mumkin.
Shu tariqa bayram kechasi yakunlanadi.)

Смс Шерлар