Bahor keldi, Kelmoqda Navruz
- Категории: NAVRO'Z BAYRAMI HAQIDA SHE'RLAR TABRIKLAR / 21-МАРТ НАВРУЗ УЧУН ТАБРИКЛАР
- Название: Bahor keldi, Kelmoqda Navruz
- Дата релиза: 15-03-18, 10:25
Avval yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Qishning axvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Ona bag'ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanlig' g'am,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Yana ko'ngillardan rutubat ketdi,
Yana shulalardan qamashmoqda ko'z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Qishning axvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Ona bag'ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanlig' g'am,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Yana ko'ngillardan rutubat ketdi,
Yana shulalardan qamashmoqda ko'z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Смс Шерлар