Niyat
- Категории: ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
- Название: Niyat
- Дата релиза: 27-09-18, 17:35
Qizin uzatib ona, homush o'tirar nechun?
Uyqu kelmas ko'ziga, yuraklari chil parchin.
Qizi yosh degan chog'da , tinmay eshik qoqdilar,
Sarposiga qaramay, oy yuziga boqdilar.
Saharlab kelin turar, qaynona ko'nglin ovlar,
Hurmatin joyga qo'yib, doim hizmatda bo'lar.
Kun sayin oy yuzlarin, zulm tig'lab yemirar,
Achchiq so'zlar tikondek yurak bag'rin kemirar.
Bir zamonlar qaynona, siz ham kelin bo'lgansiz,
Jondan suygan onaning suyuk qizi bo'lgansiz.
Mol- u dunyo ne berar, boqiy tinchi bo'lolmas,
Ikki yoshning taqdirin bir umr bog'lolmas.
Qizim deb qabul aylab, mehr-la qalbin boylang,
Go'zal xulqu odobin ko'rib maqtovga shaylang,
Shirin so'zlarni aytib, shoshilib, tezroq avrang,
O'glingiz izmiga tushmasdan avval asrang.
Yusupova Zulfiya.

Смс Шерлар