Borlig‘imsan ko‘zoynakli qiz
- Категории: SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
- Название: Borlig‘imsan ko‘zoynakli qiz
- Дата релиза: 26-12-21, 19:29
Jajigina yuraging seni,
Gʻamlar ichra beg‘ubor xargiz.
Sening darding dardimdir meni,
Borlig‘imsan ko‘zoynakli qiz.
Sen tanlagan yo‘l bo‘layin men,
Ishonch tutkan qo‘l bo‘layin men,
Ko‘zlaringa nur bo‘layin men,
Yagonamsan ko‘zoynakli qiz.
Og‘ritsa gar dilingni birov,
Sochlarimga tushadi qirov,
Unutma bu Tangridan sinov,
Men sen bilan ko‘zoynakli qiz.
Sen dunyoni ko‘rsang xam xira,
Ko‘z yosh to‘kib aslo o‘ksima,
Seni yolg‘iz qoldirmam sira,
Keragimsan ko‘zoynakli qiz.
Orzu sari qanoting bo‘lay,
Senga butun mexrimni beray,
Suyanganing yolg‘izing bo‘lay,
Niyat qildim ko‘zoynakli qiz.
Abdumutalib Ergashaliyev
Gʻamlar ichra beg‘ubor xargiz.
Sening darding dardimdir meni,
Borlig‘imsan ko‘zoynakli qiz.
Sen tanlagan yo‘l bo‘layin men,
Ishonch tutkan qo‘l bo‘layin men,
Ko‘zlaringa nur bo‘layin men,
Yagonamsan ko‘zoynakli qiz.
Og‘ritsa gar dilingni birov,
Sochlarimga tushadi qirov,
Unutma bu Tangridan sinov,
Men sen bilan ko‘zoynakli qiz.
Sen dunyoni ko‘rsang xam xira,
Ko‘z yosh to‘kib aslo o‘ksima,
Seni yolg‘iz qoldirmam sira,
Keragimsan ko‘zoynakli qiz.
Orzu sari qanoting bo‘lay,
Senga butun mexrimni beray,
Suyanganing yolg‘izing bo‘lay,
Niyat qildim ko‘zoynakli qiz.
Abdumutalib Ergashaliyev
Смс Шерлар