Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Dunyo ko'rganmikin bizdek oshiqni
Dunyo ko'rganmikin bizdek oshiqni

Dunyo ko'rganmikin bizdek oshiqni

Dunyo ko'rganmikin bizdek oshiqni
Dunyo ko'rganmikin bizdek oshiqni?
Tug'ilganmikin-a bizdek g'arib dil,
Qil ko'prik ustida nigoron tursak,
Nega qutqarmadi bizlarni hech kim?

Sog'inchlar umrimdan bo'ldi ziyoda,
Sizni xarob qildi diydorim dardi.
Qiynalib-qiynalib ketdik dunyoda,
Nega tushunmadi hech kim bizlarni?

Tog'lardan qor ko'chdi uzoqlashdigu..
Zamonning jarangdor ovozi tindi.
G'alaba qozondi so'ngi bor qayg'u,
Jasarat chekindi! Orzu chekindi!

Paypaslanib ketdi g'ururlarimiz,
Chiqib bo'lgan jonga mungli tikilib..
Tizzalar qontalash holatga keldi,
Taqdirning poyiga yiqilaverib..

Yo borib bitta so'z deyolmadim men,
Shu qo'rqoq andisham indama dedi.
Yo siz qo'llarimdan tutolmadingiz,
Negadir yurakdan jasorat ketib..

Bilolmay yashadik ayriliq sirin,
Tuyg'uni, tuyg'u deb hurmat qilgandik!
Boshimiz ustiga ko'tarib ishqni,
Bugun boshlarimiz yerlarga egik!

Tushuntiring... menga so'ngi bor,
Yoki gunoxmidi tutgan yo'limiz.
Nega unda shuncha intilsak ham yor,
Aslo bir bo'lmadi yostiqlarimiz!

Gulnoza Alimjonova

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: