Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Hozirgidek sevib yasholarmikan
Hozirgidek sevib yasholarmikan

Hozirgidek sevib yasholarmikan

Hozirgidek sevib yasholarmikan
Yor meni jonidan sevadi do‘stlar
Kun kelib ozorlar yetkazmasmikan?
Mensiz o‘tgan umrin laxzalarida
Meni hayolidan ketkazmasmikin?

Sog‘inchdan urganda yuragi to‘lib,
Dardin oymomaga aytmadimikan?
Visolimga peshvoz chiqmoqchi bo‘lib,
Biror sabab ortga qaytmadimikan?

Tunda shirin yodim bilan ko‘z yumib,
Tongda ismim aytib uyg‘ondimikan?
Shamollar o‘ynasa sochlarim silab,
Pinxona ulardan qizg‘ondimikan?

Majnundek men uchun qilib jasorat,
Xayratga solmoqni xoxladimikan?
Iforim o‘rnashgan dastro‘molchani,
Yostig‘in ostida saqladimikan?

Ko‘zlarida qolgan ko‘zlarim xaqqi,
O‘zgalarga nazar solmadimikan?
Bor-u yo‘g‘imda ham birdek sevarmi,
Ko‘nglidan hech kim joy olmadimikan?

Menga shodlik, go‘zal baxtlar ulashib,
Dard-u g‘amni olis tashlolarmikan?
Hozirgidek ishonch ila sirlashib,
Hozirgidek sevib yasholarmikan?

Yor meni jonidan sevadi do‘stlar,
Kun kelib ozorlar yetkazmasmikan?

Dilobar Uralova

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: