Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Qachondir, izimga tusharsan o'zing
Qachondir, izimga tusharsan o'zing

Qachondir, izimga tusharsan o'zing

Qachondir, izimga tusharsan o'zing
Qachondir, izimga tusharsan o'zing,
Xudodan so'raysan telba dilimni!
Mudom, ko'zlarimga intilib ko'zing,
Tutarsan jimgina mening qo'limni!

Qachondir, ko'ksimga boshingni qo'yib,
Oshiq yuragimdan shafqat so'raysan.
Ayovsiz dunyoning, yovidan kuyib,
Telba Bekzodingdan mehr so'raysan.

Qachondir hissirab, ko'kka termulib,
Yulduzlarga boqib o'ylaysan meni!
Hayolot izmiga asta o'rmalab,
O'sha yulduzlarga so'ylaysan meni!

Qachondir, xavfsirab kelajagingdan!
Qo'llarimdan bir bor tutging keladi.
Kuyunchagim, kuyib, kuyunchagingdan!
Yo'llarimni kesib o'tging keladi.

Qachondir, qalbimning eshigin chertib,
Ostonadan xatlab kirmoq bo'lasan.
Iskanjada qolgan ko'nglimni turtib,
Unda kim borligin bilmoq bo'lasan.

Qachondir, o'zingdan charchaysan biroq,
Dardlar eshigini yopa olmaysan.
Holbuki, qalbim ham, qalbingdan yiroq,
Oshig'ingni qaytib topa olmaysan.

Qachondir ko'zimga tik qarab, behol!
Aytajaksan uzoq kutilgan so'zni,
Umid uchqunlari lovullab nogoh,
Deysan: Telbaginam sog'indim sizni!

Qachondir, pushaymon o'tlari yonib,
Egilmagan boshing, egib qolarsan.
Vale muhabbatning cho'g'lari so'nib,
Mening ham jonimga tegib qolarsan.

Muallif: Bekzod Sulton

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: