Sevib qoldim

Sevib qoldim

Sevib qoldim
Yurak urar juda tez
Ahvolimni do'stim sez.
Hayollar osmonni kez
Sevib qoldim bilmasdan.

Havas qildimmi bilmam
Qalbim cheksada sitam.
Xatto og'ir xotiram
Sevib qoldim bilmasdan.

Yoqadida yuz,ko'zi
Yana samimiy so'zi.
Qoshin qoqqanda o'zi
Sevib qoldim bilmasdan.

Kulgulari zilolim
U mening beg'uborim.
Eshitgin dilozorim
Sevib qoldim bilmasdan.

Qalbim tanlab berganim
Jonim,yorim deganim.
Bilarmisan sevganim
Sevib qoldim bilmasdan.

Tunlari uxlolmayman
Faqat seni o'ylayman.
Sevib qolmay o'lay man
Ko'ngil qo'ydim bilmasdan.

So'zlar ketdi chalkashib
Hayol ketdi adashib.
Do'stim bilan dardlashib
Sevib qoldim bilmasdan.

Tunlar ketdi halovat
Yeyolmay qoldim ovqat.
Tugab bormoqda toqat
Sevib qoldim bilmasdan.

Berkitaman onamdan
Yana amma,xolamdan.
Qo'rqib ketmang nolamdan
Ko'ngil berdim bilmasdan.

Boshqacha tuyg'u ekan
Bilgani qayg'u ekan.
Sanchsa ham qalbga tikan
Sevib qoldim bilmasdan.

Endi nima qilaman
Goh devona yuraman.
Boshga tushdi,ko'raman
Sevib qoldim bilmasdan.

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza
MMMirali&Shaxnoza...

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: