Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Sizning ko‘chalarga yog‘madimi QOR
Sizning ko‘chalarga yog‘madimi QOR

Sizning ko‘chalarga yog‘madimi QOR

Sizning ko‘chalarga yog‘madimi QOR
Sizning ko‘chalarga yog‘madimi qor,
Qadrimdek qadamda yanchilmadimi?
Siz deb bir bechora chekkanda ozor,
Sizga zirapcha ham sanchilmadimi?

Qish qaxr qo‘shig‘in kuylagan tunda,
Tomga sumbulalar ilinmadimi?
Siz deb ming bo‘lakka bo‘linganimda,
Sizga bir ozgina bilinmadimi?

Bugun ko‘z yoshingiz sababkori kim?
O‘sha mendan afzal ko‘ringan qizmi?
Sog‘inib,yettiga bukilsa qaddim,
Ayting,hecham meni sog‘inmaysizmi?

Gurzilar urilib,ortga qaytgan chog‘,
Chaqindek chor taraf sachramaysizmi?
Siz sabab qurisa yashnagan bir bog‘,
Xudoning qaxriga uchramaysizmi?

Yoki sizning yurta yog‘maydimi qor,
Ko‘llar muzlamasmi misoli ko‘zgu?
Nega siz tomonda abadiy bahor,
Biz bitta osmonning ostidamizku.

Ana yuzingizni silar muzdek qo‘l,
Men chora axtarib toldim o‘lgani.
Faqat oppoq qorli iz tushmagan yo‘l,
Sizga armon bo‘lib qolsa bo‘lgani!

Malika Tavfiq

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: