Главная » SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS » Sog'inasan bir kuni meni
Sog'inasan bir kuni meni

Sog'inasan bir kuni meni

Sog'inasan bir kuni meni
Sog'inasan kun kelib meni
Yodga solganida hayollar
Yori bo'lasan shunda o'zgani
Ko'ksing o'yar shunda alamlar

Sog'inasan qumsaysan so'zim
Kulib sho'xchan qaragan ko'zim
Titrar taning yodingga kelsa
Senga aziz bu xumor yuzim

Sog'inasan o'pkang ham to'lib
Dod solmoqqa tayyor turasan
Balki ko'ksingdan ismim yulib
Sahro tomon uloqtirasan

Sog'inasan eslab orzularni
Birga yurgan yo'llardan yursang
Taftimni sog'insa qo'llaring
Oshiqlarni bog'larda ko'rsang

Sog'inasan hali armonim
Qizalog'ing bag'ringga bosib
Ko'klarga ulanar armonim
Menham o'g'lim bag'rimga olib

Sog'inamiz ikkimiz ham bir kun
O'sha yo'ldan yana yurganda
O'rindiqlardagi oshiqlarni ko'rib
Yurak qurg'ur fig'on urganda

Sog'inasan albat birkuni
Eslatganda meni xotirang
Armon jo'sh uradi dilingda
Tuzalarmi shungacha yaram

Hamidova Mahliyo

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: