Soxta sevgi

Soxta sevgi

Soxta sevgi
Bir amallab yuragimni ovutdim.
Aldab-suldab uni sendan sovutdim.
Unutmaysiz degan eding, unutdim.
Endi menga soxta sevgi kerakmas!

Alvon-alvon lolalarga bo'yladim.
Dardlarimni bir ularga so'yladim.
Uzoq emas, bir haftacha o'yladim.
Endi menga soxta sevgi kerakmas!

Sening bilgan darding faqat o'yina,
Senga sevgi qiymati bir tiyina,
Ikkita yuz bilan yashash qiyina,
Endi menga soxta sevgi kerakmas!

Sen sevgimas, armonlarga arziysan.
Haqiqatmas, yolg'onlarga arziysan.
O'zing kabi shaytonlarga arziysan.
Endi menga soxta sevgi kerakmas!

Men sevgimni g'animlarga tutdimmi?
Ularni deb ming azoblar yutdimmi?
Kelib-kelib sendan mehr kutdimmi?
Endi menga soxta sevgi kerakmas!

Narxi arzon va'dalarga uchdingmi?
Yolg'onni deb, sof sevgidan kechdingmi?
Meni o'pib, o'zgasini quchdingmi?
Endi menga soxta sevgi kerakmas!

Xudo bergan ne'matdan yuz burib san.
O'zing bilmay egri yo'lda yuribsan.
Eh kimlarning quchog'iga kiribsan.
Endi menga soxta sevgi kerakmas!

Ko'p quvonma, qaytar dunyo qaytadi.
Vaqti kelib o'z so'zini aytadi.
Begonamas, Allohimdan qaytadi.
Endi menga soxta sevgi kerakmas!

Seni deya urgan yurak yurakmas!
Sendan qolgan yurak menga kerakmas!
Yuragimdan yuragingni olib ket,
Endi menga soxta sevgi kerakmas!

Muallif: Bekzod Sulton

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: