Yig'lama Lily

Yig'lama Lily

Yig'lama Lily
Boqsam ko'zlaringga , bunchalar dardli,
Kimni deb yosh to'kding? Gul ko'ngling gardli,
Dardingni ololsam edi oyyuzlim,
Ko'z yosh to'kmasayding, bo'lsayding baxtli.

Tabassum yarashar senga naqadar,
Ko'zlaring dunyomi, ko'zlaring qadar?
Bu olam shundayin g'irromchi , bilsang,
Senga arzimaydi o'sha darbadar.

Qara, o'xshab qolding, yomg'irli kuzga,
Ichikib yashama yuragi muzga,
Bu kuzlar aylanar, o'tkinchi bari,
Vaqt o'tib, hammasi tushajak izga.

Borliqning eng nafis chechagisan sen,
Kimgadir erta yo kechagisan sen,
Ko'ksim qalqon degan, mardlar bisyordir,
Ne-ne oshiqlarning keragisan sen.

Faqat, mahzun bo'lma, sira o'kinma,
Yarimta ko'nglimdek darz ketma, sinma,
Xudoning atagan bahorlari bor,
Kuzgi xazonlardek erta to'kilma.

Faqat sen yig'lama, yig'lama Lily...

Abdumutalib Ergashaliyev

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: