4 kunlik dunyo
- Категории: YANGI SHERLAR
- Название: 4 kunlik dunyo
- Дата релиза: 26-05-19, 20:44
4 kunlik dunyo.
Shaytonning chin quli bo'lib,
yonida xaq yo'li turib.
Cho'ntak to'la puli turib,
yetim haqqin yeganlar ko'p.
Bugun misli jigar bo'lib,
G'am-u darding yeganlar ko'p,
kamchiliging bilib olib,
chetdan zarba berganlar ko'p.
zamon og'ir borgan sari,
xatto or-nomus badani,
pulga alishgan vatanin
insofini yeganlar ko'p.
Bir paytlar ko'ksin kerib
oyoq osti bilganlar ko'p,
kuning unib, boshin egib,
Kelib ta'zim qilganlar ko'p.
Nomardlarga yo'liqganda,
yoqa ushlab qolganlar ko'p.
Xudo xaqqi qasam ichib,
qasamidan tonganlar ko'p.
O'zing asra Ey xudoyim,
ich-etin yeb Yotganlar ko'p,
Xatto Siniq Qalamimga,
Hasad ko'zin, otganlar ko'p.
Xudoyberdi dunyo g'amin,
unut, mezbon olam zamin.
mol-u davlat nasib etar,
lekin qo'ling quruq ketar.
Muallif:
Xudoyberdi To'ychiyev
Shaytonning chin quli bo'lib,
yonida xaq yo'li turib.
Cho'ntak to'la puli turib,
yetim haqqin yeganlar ko'p.
Bugun misli jigar bo'lib,
G'am-u darding yeganlar ko'p,
kamchiliging bilib olib,
chetdan zarba berganlar ko'p.
zamon og'ir borgan sari,
xatto or-nomus badani,
pulga alishgan vatanin
insofini yeganlar ko'p.
Bir paytlar ko'ksin kerib
oyoq osti bilganlar ko'p,
kuning unib, boshin egib,
Kelib ta'zim qilganlar ko'p.
Nomardlarga yo'liqganda,
yoqa ushlab qolganlar ko'p.
Xudo xaqqi qasam ichib,
qasamidan tonganlar ko'p.
O'zing asra Ey xudoyim,
ich-etin yeb Yotganlar ko'p,
Xatto Siniq Qalamimga,
Hasad ko'zin, otganlar ko'p.
Xudoyberdi dunyo g'amin,
unut, mezbon olam zamin.
mol-u davlat nasib etar,
lekin qo'ling quruq ketar.
Muallif:
Xudoyberdi To'ychiyev
Смс Шерлар