Главная » YANGI SHERLAR » Balki o‘zgararmiz
Balki o‘zgararmiz

Balki o‘zgararmiz

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Balki o‘zgararmiz
  • Дата релиза: 03-07-21, 05:02
Balki o‘zgararmiz
Balki o‘zgararmiz kunlar oylar yillar o‘tib
Shu paytgacha yashadik dardimiz ichga yutib
Umrimiz o‘tib ketdi kayfu safolar bilan
Buyog‘iga yashaymiz real tuyg‘ular bilan

Bu hayotda ne kunlar boshimizga tushmadi
Do‘stim o‘zing bilasan ishlar ham yurishmadi
Yo‘qchilikni ko‘chasidan yurib o‘tdik necha bor
Qara bugun sochimizga qo‘nayapti oppoq qor

Aytgin kimni esida bor go‘zal iboli qizlar
Hozir ko‘paygan ketgan bo‘yalga soxta yuzlar
Bugunchi sotmoqdadur do‘st do‘stini dushmanga
Yana nimasini aytay dilda borin do‘st sanga

Og‘ir mehnatda o‘tdi eng gullagan chog‘imiz
Har kimga ochaverdik bag‘ri keng quchog‘imiz
Yordam kerak paytida ular bari qochdilar
Qidirib borsak xatto eshiklarin yopdilar

Balki o‘zgararmiz endi vaqti bo‘lgandir
Yolg‘onchi soxtalardan kechish vaqti kelgandir
Endi sodda emasmiz har kimga aldangani
Do‘stim endi bu tomonga o‘giramiz tangani

Sevganda ham sevish kerak go‘zal vafodorini
Yuragida qalbida muhabbati borini
Ba‘zi qizlar almashadi qog‘oz pulga bahtini
Qisqasi tushunmas ekan qizlar yigit dardini

Bolalikda yashagan orzu qasri quladi
Buyog‘iga boshpana bizlarga tirikchilik
Gohi mehmonga kelar o‘sha o‘sha yo‘qchilik
Mehmon qilib jo‘natadi yo‘qchilikni ko‘pchilik

Balki o‘zgararmiz o‘zgarar ko‘rinshimiz
Yurishib o‘xshab ketar bizlarni ham ishimiz
Butunlayin o‘zgacha bo‘lib ketsak ham mayli
Faqat joyida qolsin oqibat va mehrimiz

Muallif: Abdulla Murodulla

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: