Bobur g'azaliga muxammas
- Категории: YANGI SHERLAR
- Название: Bobur g'azaliga muxammas
- Дата релиза: 07-07-17, 23:32
Bobur g’azaliga muhammas.
Bas , senga qulmasmen, xaqqa quldurmen
Sen xam quldor emassen , faqir guldirsen
Toki o’zni yer kibi xokisor sanasam
Mag’rursen , xusningga bino aylading
Birinchi va ikkinchi muhabbat
Ikkinchi muhabbat yor
Birinchisi bo’ldi xor
Uning sevgan yori bor
Mendan emas umidvor
Birinchisi qalbimning
Ko’zin ochdi baxtimning
Sababi u dardimning
Xalaskorim u mening
O’zligim yo’limga
Qanotimdir ikkisi
Ancha yo’l men bilan
Hamdam bo’ldi ilk sevgim
So’ng abadiy men tomon
Keldi ikkinchi jonon
Yuz sevgim mingdur tamom
Yodi qo’llar xar zamon
Shu ikkisi eng nafis
Hatto hurdan bokira
Sen doim qalbimdasan
Abadiysan muhabbat
Kunda isming ziyorat
Qilar ko’nglim benihoyat
Ishqdan topdim hidoyat
Panohimsan muhabbat.
Bizlardan nima qolur
Do’stlar bizlardan nima qolgaydir
Muhabbat va xatolardan bo’lak yana ne
Gunoxlar ustiga qurib bo’lmas baxt
Ota-ona roziligisiz bo’lmas saodat
Xaqiqat yo’li nima o’zi u
Bor umring nay kabi pora aylamoq
Shukr qil o’tadi xar bir kuning xam
Boqiying bo’ladi mangu farog’at
Ishq nedur ishq ruxing poklaguvchidir
Chorasiz holingda qo’llaguvchidir
Visoli nasibang bo’lsa-bo’lmasa
Yodi ox joningni jonlaguvchidir
Vatan ne tarifin etolmam bayon
Javobin ko’zlarim etadi ayon
Qancha sevsam madhiga shuncha ojizman
Tilim lol xayratdan so’zim noravon
Do’stlarim bor derdim , yonimda edilar
Bir umr senla bo’lamiz derdilar
Chorasiz xolimda tashlab kettilar
Yolg’iz do’stim endi xudoyim bo’ldilar
Do’st shunday bo’lsin, ko’zingga tikilib
Yolg’on ertagini so’zlamasin xech
Imonsiz insondan do’stlik chiqmaydi
Mayli mingta bo’lsin barisidan kech.
Seni sevganlarni boshingga ko’tar
Javobsiz sevgingni uloqtir otar
Ko’ngil berma qattiq sevilmaguningcha
Chun vafosiz ko’p erur , diling xun etar
Sevmasang ham yashayman
Yo’q desang ,yo’q desang deyaver
Osmondan farishtang kutaver
Bilgilki ul ham kelmas hech qachon
Yerda xur bo’lmas , yo’q undan nishon
Hur deb atadim quvonma ko’p xam
Sevmading yuragimda yo’qdir bir g’am
Aksincha qutuldim baloli ishqdan
Jonimni og’ritgan davosiz ishdan
Senda bayram men nechun motam tutayin
Xom xayol o’ylardan ma’no kutayin
Endi bildim donishlar jim turar nechun
Dil bermakka arzimas bu foniy ochun
O’zligim yashirib senga qaradim
Pisand xam etmading , parvo qilmading
Ne kunki bugun ochganda yuzim
Ortimdan parvona , xayron boqursan.
Muhabbatnoma
Savdoiy muhabbatdin daryodur ko’zyoshim
Ming bir dod, ming xayxot yetmasdur bardoshim
Men bulbul kuyida ulchi beparvo bir xur
Dard bilmas , ul lochin, ozod osmonda hokim
Gar bilsang saningsiz tunu kunim zulmatdur
Bil ey hur, hamdamim yoding ila hilvatdur
Yuzingni bir ko’rmayin zinxor o’lib bo’lmasdur
Bir xusningga oshiqman demam misoli Majnun
Nodirajon jonni o’rtar ko’zlaringiz bor sizni
Nochor, g’arib xis qilgum yoningizda men o’zni
Sizsiz yolg’iz xolatim yozda eslatar muzni
Oy bo’lmasa quyosh xam nechun sochgaydur nurin
Taqdir
Barchaning taqdiri Olloh qo’lida
Bu taqdir toshlari o’ngu-so’lida
Har toshga juft bo’lar o’zin toshi bor
Xudo bir qilmasa hammasi bekor
Ko’nglim
Zinxor yig’lama ey ko’nglim bo’l doim , jim , sokin
Xavotir olma barcha ish, xaq qo’lida , ul hokim
G’avg’o solma keng jaxonga bo’lmagin sen homush
Tangrim yo’qlab ayt dardlaring barisin et faromush
Konglim dardlaringni yuv
G’amni bo’l xonangdan quv
Xamrox emasdir senga u
Yoshlaring to’kma duv-duv
Qumsaganing bo’lar yor
Yo’llaringda turar zor
U xam sendan umidvor
Sen xotirjam bo’laqol
Bir butun yurak ikki yosh
Biri ko’zdir , biri qosh
Baxtin to’kis etolmas
Taqdirdan bo’lak yo’ldosh
Abduraxmon Jomiyning layli va Majnun dostoniga bag’ishlab
Yorimsan yoringman ishqingda xasta
Ey tishlari inju , qomati guldasta
Hurlar malikasi gulyonoq jonon
Kuyingda bamisol Majnunman nolon
Ilk bora ko’ribon ko’zingni ko’zim
Majolim qolmadi unutdim o’zim
Boqqani tomonim o’zingsan ey yor
Dilimga hayajon solursan nigor
Ko’zlaring dilingdan sirlaring ochar
Ochib ox men tomon yog’dudek sochar
Noming birla nomim bo’lubdur payvand
Bir muddat ayro erurmiz garchand
Laylidek menga vafoli bo’lsang
Ayrilmam men ham Majnunman bilsang
Dunyoga sig’mas mexrim bor mening
Muhayyo etgayman xar qachon so’rsang
Nega uchrading
Yomon o’ksidi ko’nglim Xudoyim chidolmayapman
Ishqqa zanjir ko’nglimni uzolmayapman
Taqdirimda bo’lmasang nega uchrading
Vayron bo’lgan ko’nglimni tuzolmayapman
Birkam dunyo deymi birkam sevgimni
O’zing deb bilgandim men xam tengimni
Beparvo chiqdingda o’zgani suyib
Endi butkul tortgum ishqdan yengimni
O’ylamang muhabbatdan sovib qoldi deb
Yarim sevgi dog’ida kuyib qoldi deb
Bor mexrim san’atga berurman endi
San’atni yor bir vafodor bilurman endi
Muhabbat kuyida egikman, tolman
Ko’zingdin yashirin labingda xolman
Sevmading men xam seni sevmayman
Balki men xam chorasiz quyoshman , oyman
Ikki do’st
Et va tirnog’ kabi go’yo edilar
Bir-birisiz go’yo turolmas edilar
Birisiga dard berdi xaq do’stlikni sinashchun
Bir xol so’rmadi oqibat begona bo’ldilar
Xastalarni ko’nglini oling
Ey Nozim , kim xasta bo’lsa bor yoniga borgin
Qo’lidan tutib, duo qilgin ko’nglini olgin
Shirin so’zlar degin ko’nglin yupatib
Odamiyliging yo’qolmas shunda doimo bilgin
Oyog’ingiz quchib yig’lagim keldi
Oyog’ingiz quchib poyingizda xokisor yig’lagim keldi yor, yig’lagim keldi
Dardlarim xonasin bo’shatib ming bor yig’lagim keldi yor ,yig’lagim keldi
Ox netay bulbulingiz bo’ldimda o’zim, ko’zingiz mavj etgan lolazorlarga
Ishqimda xolati xarobim deying eshitgim keldi yor, eshitgim keldi
Ey yorijon gulshanim
Ishqingiz poklar manim
Obi kavsar madanim
Ko’zimda nur , gavxarim
Ayol
Ayol ey nozik nafis xur xilqat
Erkakning ko’ziga tik boqma zinxor
Biz seni sevamiz ibolingchun xam
Seni go’zal qilur bu xislating xar dam
Bor qadr qimmating shular bilandir
Muhabbat pok xislatdan paydo bo’lardir
Omonmisan do’stijon
Omonmisan do’stijon
Yomonmisan do’stijon
Bilolmayman buni xech
Duo qilgum erta-kech
Bir yildan beri yo’qsan
Benishon ketgan o’qsan
Eslarmisan yoki yo’q
Edi ko’nglim senla to’q
Ko’rganimda o’zingni
Ko’zim yayrardi o’zimni
Sensiz yolg’iz Nozimni
Do’sti yo’qdir do’stijon
Yolg’iz Rabbim suyanchim
Dardlarimga yupanchim
Dunyoyim ichida o’zing
Manbop eding do’stijon
Tinglarding jim dardlarim
Yig’larding ma’yus paytlarim
Yashirarding ayblarim
Mardim eding do’stijon
Qayda bo’lma bo’l omon
O’zligingni yo’qotma
Seni kutgim men xamon
Nozimingman unutma.
Axir nechun sevmay
Qanday boqmay axir yonimdan o’tsangiz
Axir nechun sevmay toki dunyoda borsiz
Muhabbat ko’nglimda mangu mexmondir
Sevmaslik mumkinmas sizni toki xayotman
Sizga ko’p yigitlar ekanmish oshiq
Ko’nglingiz qulfini etolmay ochiq
Sizdek pok xislatga bo’lolmay ega
Rosti xech kim sizga bo’lmas munosib.
Yuzing lolazor
Yo Rab bu ne xolki xusni ofatdur
Xushimdan ayirmish xur , davosi yo’qdur
Yuzi lolazorkim rom aylar butkul
Domidan chiqolmay bo’ldim man bulbul
Hayxot yashirolmam sevishim zinxor
Agarki yonimda o’tsa u bir bor
Qalbim kuy chalar bir xech bo’lmas mungdor
Bulbulingman nazar sol o’zingsan gulzor
Oshiqlaring ichida yagona , dona
Tanxo o’zimman ishqingda afsona
Temur edim , sadaf bo’ldim , hajringda yona
Yoding poklar qolmas nafsdan nishona
Edim bir g’o’r ,peshonam sho’r , sensiz ey xur
Seni topdim baxtim endi o’zingdur
Xayotimga ma’no berding purmazmun
Asragum jonimdan xam o’zingni xar zum
Go’zallar bevafo ekanlar
Go’zallar bevafo ekan , go’zallar
Beparvo yurib , yurakni ezarlar
Chiroyga sollanib shodmon yurarlar
Go’zallar bevafo ekan , go’zallar
Baxordek ochilib , to’kilmog’ing bor
Ko’p xam bino qo’yma o’zingga ey yor
Suyganing o’zingdek , ishqsiz dilozor
Go’zallar bevafo ekan , go’zallar
Mendan tonib topganing tikonzor
O’zingni o’zing qildingda xoru zor
Bo’lardim men senga doim vafodor
Go’zallar bevafo ekan , go’zallar
Ikki mexrsizga baxtlar tilayman
O’z mexrimni sevganlarga tilayman
Go’zallar o’tsalar , beparvo bo’layman
Go’zallar beparvo ekan , go’zallar
Ota ona
Ota ona deb ko’nglin olurman
Xudo deb baxtimni kutarman
Kel do’st bo’lsang dardim aytaman
Yig’lasang ko’zyoshing artaman
Ota onam tayanchim , tog’im
Ko’zlarimni yashnatgan bog’im
Obi ‘’Kavsar’’ madan , bulog’im
Omon qilsin sizni iloxim
Ikkisi ikki qanotim
Duo qilar baxtli xayotim
Dardimga oxir najotim
Ota onam qand-u, novvotim
Ikkingiz bir juft oq kabutar
Baxtdan uching , uching oy qadar
Ey munis volidam , mexribon padar
Sizla porloq mening iqbolim
Bu yo’llar
Bu yo’llar ravon bo’lib ketibdur
Bu cho’llar chaman bo’lib ketibdur
Oxir zaxmati xaqqa yetibdur
Bu soylar daryo kabi oqibdur
Xalqim obod , yurakda yo’q g’am
Agarki yig’lasam , sevinchdan bu nam
Baxtiyor shoir o’g’lingiz men xam
Dardingiz olurman so’z ila xar dam
Bu kunlar o’tmish zaxrin yuvibdur
Boqing eng go’zal zamon bo’lubdur
Baxt va omad uchun kurashsak
Baxtlimiz bizlarga nima qilibdur
Bu kunda ezmasin xech kimni armon
Butun dardli elimga bu kunlar darmon
Turibman bir chekkada baxtimdan xayron
Ozod xumo qushmiz , o’zimizga xon
Bilmading
Nay kabi , pora dilim , davodurur shakar labing
Kuy kabi , mungli so’zing , taronadur aytgan gaping
Mendin o’zgalarga chun sochding sokin tabassuming
Noziming edim seni , ey Nodiram bilmading .
Najot bo’lib kel
Ming tushimga kirguncha , kel bag’rimga kir
Yuragim notinch urar , unga davo qil
Ko’ksimga boshing qo’ysang bo’lgani
Bundan ortiq kerakmas , baxtim kulgani
Bu ne xol
Sizdan na ko’nglimni ololdim
Na umid bog’ida qololdim
Har nechuk ko’rganimda o’zingiz
Cheksiz shodlanar Nozimingiz.
Qarmog’imga ilindi so’zlar
Oftob kabi tovlangan edim bir maxal
Qalbimga kira boshladi so’zlar birma-bir
Tashlagan qarmog’imga ilinib ular
Baytimga aylanib qoldi bir qarang
Imoningga suyan
G’am , chekmagin do’stim ey sen
G’am , chekmagin endi xo’p
Zolim emas senga taqdir
Zolim emas senga yo’q
Zolim emas yaratgan xam
Yolg’on emas xaqiqat xam
Imon guvox , kafolat men
Ziyo topdim ma’rifatdan
Boshing ko’tar , osmonga boq
Osmon dengiz , tubi yerdir
Havo istasang , bu tublik ichra
Yaratgandan najoting so’ra
Sabr qilgin
Sabr qilgin xaqiqatga yetgaydursan
Sabr qilmay , xidoyatdan chiqgaydursan
Sabr qilib xar bir o’tgan kuning bilan
Sabrsizlik azobidan qochgaydursan
Yorimning uyi oldida
Sevganimni ko’rib qoldim , bog’ qo’ynida , gul aro
Ko’zlari ma’noga to’lgan , tim qarodur , tim qaro
Bir boqishda ko’nglimga ishqni solib qo’ydi yorim ox
Shundan beri , xasta jonim , dil yarodur , dil yaro
Imonsizlar
Imon tilning zaxridan so’nmasin ekan
So’nsa xam , tagidan qurib bitmasin ekan
Imon ketsa omad ketar , davlat ketar
Imonsizning xoli endi ne kechar
Munofiq u kofirlik yo’lin tutar inson
Shaytonga ulfat u do’st bo’lib qolar inson
Bir kun joyi do’zax bo’lar ex yomon ey
Ming bir azob , o’zga sotib olar inson
Sabr o’rnin egallar nafs u qora
Kasriga yig’laydi ne-ne mo’min bechora
Tomog’ingdan qaytar olmagin sen pora
Xudodan qo’rq xar bir ishing ko’rib turar
Bir kun asal, ming kun zaxar yutmagin sen
Mansab deya ko’p o’zingdan ketmagin sen
O’zi ojiz bandasanku unutdingmi
Yolg’on deya haqiqatdan kechmagin sen
Ishqni siz xam tuying
Esib-esib turganida shamollar
Olib qochar yor tomonga xayollar
Yurak to’la xayajonli savollar
Ikkimizga diydor nasib qilarmi
Javobi yo’q savol ekan muhabbat
Davosi yo’q savdo ekan muhabbat
Mexmon bo’lib kelsa g’arib ko’ngilga
Podsho qilib ketar ekan muhabbat
Bir qizni sevdim , o’zi buni bilmaydi
Nazar solsam , menga parvo qilmaydi
Yillar o’tdi sevishimni angladi
Endi unga yurak oson ko’nmaydi
Necha yilkim yor ishqingda kuydim man
Ishqing deya dunyodan xam to’ydim man
Sen xam mendek bir bor kuyib ko’rginchi
So’ng yoningga yeldek uchib boraman
Shamollar
Dardlarimni uchiradi shamollar
Yaratganning marxamati shamollar
Mayin- mayin , esib-esib , yuzimni
Silab –silab , uchib ketar shamollar
Yor ro’molin qaydan olib keldingiz
Yuzlarimga uni asta qo’ydingiz
Hidlaridan xushim yo’qoldi arang
Men xam sizga endi oshno shamollar
Gullar atri taralmaydi bunchalik
Meni xech kim tushunmaydi sizchalik
Jannatlardan oqib kelgan savollar
Bag’rim to’ldi , mexringizdan shamollar
Ortingizdan ana yomg’ir yog’adi
Ko’zlarimdan sog’inch ko’zyoshi oqadi
Visollardan xabar bergan to’zonlar
Baxtdan uchgum , sexringizdan shamollar
Sog’inchman
Shamol bo’lib uchiraman ro’molingni
Haddan ortiq oshiraman gumoningni
Sevib yoring baxtli bo’lib yurgan eding
Hijron bo’lib ko’p qiynayman men joningni
Azoblaring qo’llarida o’yinchoqsan
G’iybatchilar tillarida ovunchoqsan
Bu muhabbat qanday azob , qanday og’ir
Ming xayolda o’rtanasan , bechorasan
Ko’zyoshlaring artgin endi qo’y yig’lama
Bevafoni eslab ko’p bag’ring tig’lama
Suymaganga , suykalmagin tonaqolgin
O’zim senga vaqtincha do’st , bir sog’inchman
Sinab o’tar bu muhabbat sabrimizni
Pisand qilmas , o’ylamas xech dardimizni
Yig’lab-yig’lab tun kechada qadrimizga
Visol o’yi qon yig’laydi jabrimizga.
Siz ekansiz
Necha yilkim yaratgandan dardimga so’rardim davo
Buni qarang yorijonim , asli davo siz ekansiz
Yo’llarimga nazar solib , ortimdan qarab qolgan
Sevaman deb aytolmagan najotkorim siz ekansiz
Bilganimda agar yorim , agar bunday bo’lishini
Barcha dorilarni tashlab yoningizga shohar edim
Tonib barcha giyoxlardan , tabiblar u yolg’onlardan
Bir umrlik oromim deb faqat sizni quchar edim
Bir umr men bilan qol
Qalbimni eshit , ko’nglimni bilgin
So’ng bir umrga yonimda qolgin
Bag’rimga boshingni qo’yib yotgin yor
Yuragim tafting ila jimib qolsin yor
Ishqning dastidan
Po’st tashar ilonga o’xshab shoirlar
She’rlar yozishar qiynalib , o’rtanib darddan
Olamdin ajralib parishonxotirlar
Barisiga aybdor muhabbat va ishq
O’zbek yigit , qizlari
Davringizni surib
Qaddingizni kerib
Hur qushday bo’lib
Yuribsizlarmi
Shijoatga to’lib
Quvonib kulib
Insonday bo’lib
Yuribsizlarmi
Kelajak sizlar uchun
Qoraqosh ko’zlar uchun
Bir uzukka bir ko’z bo’lib
Yuribsizlarmi
Yo’llar sizlar uchun
Marra sizlar uchun
Yutuq xam sizlar uchun
Bilyapsizlarmi
Qamchilang otingizni
O’tkazmay vaqtingizni
Boy bermay naqtingizni
O’zbek yigit qizlari
Sport va san’atni bilib
O’zga yurtlarda yurib
O’zbekning mashhur qilib
Turibsizlarmi
Kelajak o’z qo’lingizda
Omad o’ngu so’lingizda
Ishonch bo’lsin xar so’zingizda
O’zbek yigit qizlari
Quruq gapga qorin to’ymas
Mexnatsizga amal bo’lmas
Vaqt xech kimga shavqat qilmas
O’zbek yigit qizlari
Bilib oldingiz endi xaqiqatni
G’animat biling xar daqiqatni
Qo’ldan boy bermang imkoniyatni
O’zbek yigit qizlari
Kulishingiz go’zal yorim , kulishingiz
Ming go’zalga armon sizni yurishingiz
Umrboqiy o’chmas siymo turishingiz
Umrim go’zal , dunyo go’zal siz bilan
Ta’rifingizga yetolmam bir so’z bilan
Dunyo shamin yoqdim barisi o’chdi
Ishq shamini yoqdim , yillarga ko’chdi
Hijron bunda olov yondirar baland
Qalbim go’zal , dunyo go’zal siz bilan
Ta’rifingizga yetolmam bir so’z bilan
Ishqdan barpo ekan oshiqning ko’ngli
Ishqsiz saxro ekan insonning ko’ngli
Sizga mudom hozir qalbimning to’ri
So’zim go’zal , dunyo go’zal siz bilan
Ta’rifingizga yetolmam bir so’z bilan
Siz tufayli tanib dunyoni
Ma’nosiga yetdim olam u samoni
Hijron bir kam , bu eng yomoni
Kuylay qo’shiq , yozib g’azal ishq bilan
Ta’rifingizga yetolmam bir so’z bilan
Dono do’stimga
Nodonlarni ichida qolib ketding donoginam
Arzonlarga talash bo’lib , sarson bo’lding beozorginam
Xudo bergan edi senga buyuk iste’dodni to’kis
Sayramasdan bulbul eding beozorginam , beg’uborginam
Sajda qilsa xamki poyimizga farishtalar
Biz insonmiz , farishtamas
Xatolar ichida xar kun kibr u xavomiz
Netay do’stginam bizlar farishtamas
Sevgi
Sevgi tashrif buyurib kelar,
Ishqni tuymagan yuraklarimizga
Hijron dardi quyulib kelar
G’am bilmagan boshlarimizga
Bu ne sir , u ne sinoat
Sog’inchlardan yosh to’kar ko’zlar
Yig’lab-yig’lab urar yuraklar
Ayamaydi ko’xna xaqiqat
Xotiralar ishqdan yig’laydi
Armon bo’lgan sevgini eslab
Kuta –kuta bag’rin tig’laydi
Uzolmaydi ko’nglini xecham
O sevgi
Taqdirlarga bitilgan ma’nomisan sen
Qalblardan yangragan navomisan sen
O sevgi
Sohilidan toshgan daryomisan sen
Oxiring topolmadim aylanib jaxonni
Ming xil mavjlanasan , turfa ranglarda
Ko’zlarim qamashdi , sehringdan seni
O’ziga chorlagan , o’zga dunyomisan sen
Nasihat
Tinglashni o’rgan ey inson , tinglamay nuql sayrashdan xam ma’no bo’lmas
Irmog’idan ajralgan dengiz ,dengiz daryo , daryo bo’lmas
Yeyish uchun yashaganlarning hayvondin hech farqi yo’q
Yaxshi fikr , ezgu amal qil , hayoting o’zgarur tezlikda misli o’q
Ichimdagi dard
Ichimdagi dardni yozsam qog’ozga she’r qilib
Hech vaqt o’tmay ichimda turar yana dard bo’lib
Deydi sen uchun kelgan men bir hislat
Maqsadingga erishmaguningcha tinchimayman bir fursat.
Oshiqman
Ko’nglingizni ko’nglim ila bog’layin
Dilingizni dilim ila chog’layin
Ox sochlaringiz bunchlar mayin
Sochingizga oshiq bo’ldim
Nigoxingizda bor pur ma’no
Qadamingiz har go’zaldan a’lo
Iforida qolar gulira’no
Qadamingizga oshiq bo’ldim
Labingiz qizil g’uncha
Suydirar to o’lgunimcha
Qiynamang ey go’zal meni buncha
Labingizga oshiq bo’ldim
Qoshingiz ikki kamon
O’qidan bu jonim tamom
Shunda xam sevaman hamon
Qoshingizga oshiq bo’ldim
Meni suydirgan o’zingiz
Iboga boy har so’zingiz
Bu ta’riflarga mos o’zingiz
O’zingizga oshiq bo’ldim
Mo’jizali
Ko’rdim bir go’zalni ko’rdim , chiroyda oydan xam o’zar
Shundan beri qalbimda notanish xislar suzar
Kuyida devonaman , men oshiqning holi yomon
Bir qiyo boqmay yurib , shu yurishda aqlim ozar
Dunyoda yo’q bunday go’zal , hech kimda yo’q bunday chiroy
Oftobnigox go’zal chexra , husnidan uyalar hatto oy
Musiqadek yangrar so’zi , ma’nosi hikmatlarga boy
Ortidan ovvoraman men oshiqning holiga voy
Oshiqlarning qismatidan ravo ko’rdi menga soxibjamol
Kel endi taqdirimiz birga topsin nurli kamol
Istasak bizlarni kutar oldinda shunday bir zamon
Yetaylik sevgining qadriga yorim bo’laylik doim omon
Sevgidan yaratibdi insonni ul qodir Xudo
Shundan beri aylar jonni oshiqlar bu yo’lda fido
O qancha oshiqlar bo’ldi bu yo’llarda ado
Kel bu holga tushmasimdan aylagil menga vafo
Do’st
Shayton vasvasasiga tushganimda
Bezovtalik tinkamni quritganida
Shifo topilmadi dori , darmondan
Kitob qutqardi meni yomon o’ylardan
Chinakam do’st topmasang gar insonlar orasida
Senga bir maslaxatim , eshit bu ish borasida
Qudrati baland kelar yovuz qo’llardan
Kitob qutardi meni yomon o’ylardan
Kitobdagi so’zlar xam insonlar fikri
Hayotda ko’p sinalgan ularning zikri
Turfa xil tuslansa xam shaytonning makri
Kitob qutqardi meni bu balolardan
U menga sodiq , men unga sodiq
O’rtamizga raqna solmas xech qaysi fosiq
O’qisangiz istagingiz bo’lur , albatta vojib
Kitob qutqardi meni yomon o’ylardan
Endi men xam shoir bo’ldimmi
Yozgim keldi yozamanda
Aqlimdan xam ozamanda
Men xam endi shoir bo’lib
Buyuk baytlar tuzamanda
Qaydan keldi xayolimga
Javob topmay savolimga
Qayga boray davoyimga
Paytlar kutib yuramanda
Osmonlardan tushdi bir dard
Boshim og’rib qoldi bir payt
Haqning sovg’asimi bu ayt
Gumonlarda yonamanda
Hech kim tushunmas holimni
Qiynayverarlar jonimni
Qalbdan oqizgan qonimni
Baytlarim ila yuvamanda
Baxt ikkimizning qo’limizda
Meni sizchalik kim sevadi
Sizni menchalik kim sevadi
Ikkimiz bir butun baxtmiz
Yaralganmiz bir-birimiz uchun
Qiziq
Men suygan yor siz tomonlarda
Siz suygan yor men tomonlarda
Ikkalamiz endi dildan dardkashmiz
Olloxim yorug’ aylasin yo’llarimizni do’st.
Meni kutmang
Balki taqdir yo’llarimiz boshqa
Meni kutmang , men yo’q joylardan
Qalbim sizga talpinib qoldi
Sizni sevib qolgan kunlardan
Toshdan emas yuragim yorim
Unutolmay sizni qiynaldi jonim
Kelishingiz orziqib kutdim
Qancha kun- u, oy-u, yillardan
Sakkiz yildan beri sevaman sizni
Hijronlardan chiqmaydi boshim
Tushlarimda ko’raman sizni
Oqib qolar sevinch ko’zyoshim
Jura’tsizman , jura’t qilib borolmayman
Yuzingizga tikilib xam qarolmayman
Sizni sevdim , sizsiz endi yasholmayman
Bir umrimda ikki bora suyganim
Ne uchun keldik
Ne uchun keldik dunyoga do’stlar
Ne uchun yashayapmiz xayotda bizlar
Bilmoqlik istasak yashash mazmunin
Haqiqat shunchalik shirin tuyular.
Yigitning
Ori bo’lsin yigitning
Bir yori bo’lsin yigitning
Fayzi bo’lar chamanning
Mardi bo’lar vatanning
Dilida bo’lsin xudo
Baxtidan etmasin judo
Ko’nglida yangrasin navo
Bir sozi bo’lsin yigitning
Yursa yigit ko’chada
Nur yog’ilsin tun kechada
Yo’lin davom eltguvchi
Mard o’g’loni bo’lsin yigitning
Mard bo’lsa yigit do’stlari
Xaq bo’lar uning so’zlari
Kulib yurar doim yuzlari
Chin do’sti bo’lsin yigitning
Sog’ bo’lsa gar yaqinlari
Yigit ko’zi chaqinlar
Baxti shundan sezilar
Yaqinlari sog’ bo’lsin yigitning.
O’zimga maslaxat
Orzularga yetmoqlik qiyin
Hayotning laxzalik so’qmog’i o’yin
Hijronlar azobdur , visollar shirin
Dunyoning dunligin unutma Nozim
Kulsang ortidan yig’lashing xam bor
Bu hayot kimlarni qilmas umidvor
Faqat Xudo ekan do’st-u, vafodor
Davronlar oldindadur unutma Nozim
Yorishgan yuzlarga umid yarashar
Kamtarning kamolin baland qilishar
Har ishing ‘’ Ollox ‘’ nomi ila yurishar
Manzillar aniqdur unutma Nozim
Ibodatlar ezgulikka qo’ygan qadaming
Imoningni oshirar bu yaxshi odating
Doimo baland tut , elga himmating
Bu qadringni ko’tarar unutma Nozim.
Qalbini xalqiga qoldirgan shoir
Tafakkurnig tamal toshin qo’ydi Navoiy
Eli uchun joni birla bo’ldi fidoiy
Komillikka toj bo’ldi , bitgan g’azal , ruboiy
Kamtarin , hokisor , beozor Navoiy
Buyuklarning ortidan yog’ilar hikmati
O’zidan ildam yurar go’zal himmati
Asirlarga tatir qilgan xizmati
Shu sabab balanddir , qadr qimmati .
Mayxo’rlar
Shaytonning doyasisan , shayton bazmda
Itdek sudrasan xadeb ortimdan
Sen inson emassan , buni aniq bilaman
Jaxannamni tilab olgan xayvonsifat sen
Odamiylik yoshdamas , boshda bo’larkan
Senchi notavonsan ulug’ yoshingda
Avlad-u, ajdoding xaqning qoshida
Boshing quyi xolda , sharmanda xolsan
Ikki pullik davronni tanlaganing ne
Axir u xam tugaldir , xazon faslidek
Oqibat ne bo’lar oxir oqibat
Takror-takror yonasan bamisoli kuz
Abadiy o’tda yonasan ey jon
Tavba eshik yopar senchi chalajon
Ming yalinasan , kechir Xudojon
Kuyib kul bo’lasan , tirilib yana kuyasan
Jazoing naqd bo’lar oxir oqibat
Shunday oqibatni olmagin sotib
Jannatdan kechmagin g’aflatga botib
Ko’zingni och kattaroq sinov maydon bu
Toqat ayla ikki dunyo baxtga munosib
Inson bo’lib tug’ildik shunday ketaylik
Axir yonimizda baxt , qadriga yetaylik
Maqsad va tilaklar bag’rida xolis
Jonga- jon , qonga-qon , imon bo’laylik.
Bir boqishda
Bir boqishda sevganman sizni
Chexrasi oy , parivash qizni
Yetar yorim qiynamang bizni
Sizsiz sevganim , sizsiz suyganim
O’shal laxzalar kelsaydi qayta
Beg’uborligim kelsaydi qayta
Baxor edi , o’shanda mayda
Sizsiz ko’rganim , sizsiz sevganim
Borsam bir kun sevgimni aytib
Kutib oling ko’zyoshim artib
Ranjitsangiz kelmayman qaytib
Sizsiz ko’rganim , sizsiz sevganim
Meni sizga yomonlasalar
Sevgi yo’q deb gumonlasalar
Menga baribir inonmasalar
Sizsiz sevganim , sizsiz suyganim.
Etibsen
Ko’nglimni ko’nglingga g’oyib etibsen
O’zingni o’zimga moyil etibsen
Ne mo’jiza ediki , bir bora boqib
Mendek telba kishini , shoir etibsen.
Dunyo bir kam do’stim
Dunyo bir kam do’stim , kamin to’ldirolmaysan
Bo’lmaganni urinma bo’ldirolmaysan
Peshonangga bitmaganni baxtim deb quvib
Kulmagan baxtingni kuldirolmaysan .
Zaxiriddin Muhammad Bobur xotiralariga bag’ishlab
Sharqqa burdim yuzim seni ko’rgaymen
G’arbga burdim yuzim seni ko’rgaymen
Oshiq shunday erur , osmonga boqsam
Quvonarmen , oyda xam seni ko’rgaymen
Qarshingizda ojizman ,faqir mo’rchadek
Yoningizdan o’turman benavo bulbulchadek
Balkim nazar solursiz bulbulingizga gulg’unchadek
Xushimni siz olursiz , tik boqsam Majnunchalik
Sizda ibo kuchli , menda uyalish
Go’zal niyatim bul sizga suyanish
Maqsadim faqat visol emasdur
Menla bo’ling yo’qsa ko’nglim to’lmasdur
Shavqat qiling ,mexriboniz bo’loyin
Rag’bat qiling ,bag’ringizda kuloyin
Yuragingiz shunchalik yo toshmikin
Yo kamina shunchalik yomonmikin
Mexr so’rang xo’p ziyoda eturman
Ox , seving deng Majnundan xam o’turman
O’zingiz deb o’zimdan xam kechurman
Sizni qumsab ,baxt sharobin ichurman.
Nechuk jim bo’lursiz , navoiz yo’qmi
Mungnavo oximga , sadoiz yo’qmi
Tokay ishqingizda qovrilayin men
Qalbim jannatiga , parvoiz yo’qmi
Madorim , majolim , qarorim yo’qdir
Azobing ,qiynog’ing ,firog’ing ko’pdir
Ko’rgani ,so’rgani , bilgani holim
Dilingda men uchun vafoing yo’qdir
Har zamon o’ldurdi ishqing qolmadi jondin asar
Bilganim mungli navoy-u, yozganim dardli g’azal
Yo yolg’izlik murodingmi , so’nggi nafasing qadar
Dili nopok emasdurman , nopoklikdan alxazar
Zinxor bir raxming kelmadi ,zorligimda xurliqo
Osmonlardan sel oqizdi , dilimdan chiqqan nido
Raxmi kelib shod ayladi mexribonimdur Xudo
Go’zallikda tengsizimdur , tangrimdur dardga davo.
Oddiy haqiqatlar
Ma’naviy qashshoq odamlar eng baxtsiz odamlardir.Ular o’z-o’zlarini baxtsiz qilguvchidirlar.Lek baxtsizlikning sababini o’zgalarga taqaydilar.
San’at
San’at yaratgan parvardigorimizning cheksiz mexr-u, muhabbati tomon olingan , cheksiz yo’ldir.
Ezgu niyat
Yaxshi niyat zulmatda , yo’lingizni yoritib borguvchi nur kabidir.
Aql
Aqli borga , ming tanga
Aqli yo’qqa , yo’q tanga
Xudoning xoxishi
Xudo bir qilsa , xech qanday kuch ajrataolmaydi
Xudo bir qilmasa , chumoli xam o’rtada tog’dir.
Nay
Bu sozdan eng go’zal va yoqimli kuy chiqara oladigan inson , xaqiqat yo’lida bardavom turguvchidir.
Internet
Imoni butun inson uchun internet mo’jizadir.
Xayot
Qalbimda osmondek muhabbatim bilan , poyingda chumolidek ojizman xayot.
G’ofillar
Bu dunyodan g’ofil o’tayotganlar , asli tug’ilmasidanoq o’lganlardir.
Farzand
Xudodan shunchaki farzand emas , balkim ikki dunyosini xam obod qiladigan, ezgu amallari bilan yaqinlari va boshqalarni xam shodmon qiladigan , imonli , din-u, diyonatli farzand so’rash kerak.
Ota - ona qarg’ishi
Ota - onalarning eng yaxshilari farzandlari ularni dilini qattiq og’ritganida xam qarg’amaydiganlaridir . Illo jazoni tangrining o’zi berguvchidir.
Saodatning joyi bir
Ezgulik turfa xil ranglarda namoyon bo’lib , ko’zlarimizni qamashtirib , xar biri o’z olamiga maxliyo etib ,bizlarni o’zi bilan birga olib ketadi . Qarangki barisini borar joyi birdir .
Nomutanosiblik
Husnida dog’i bor insonni ko’rdim , ko’zlarida mavj etgan qalbida jannati bor edi .
Husnda tengsiz insonni xam ko’rdim , ko’zlarida do’zax aks etardi .Hayotda shunaqasi xam bo’lar ekan .
Dunyoning teskari ishlari
Sevgan insoningizga qanchalik yaqinlashmoqchi bo’lsangiz ,shunchalik uzoq qilar . Butkul uzoqlashmoqchi bo’lsangiz , qaytanga yaqin qila boshlar .
Farishtadek begunox
Inson bolalari tug’ilganida farishtadek begunox bo’lib tug’ilishadi .Yillar o’ta-o’ta ba’zilari shaytonga aylanib qolishadi . Attang .
Yaxshi inson
Chin yaxshi inson xar nafasda yaxshilik tomonga o’zgarib boradi .Zero ezgulik xam cheksizdir .
Qismatdagi yozuv
Yurak muhabbat va san’at uchun yaralib , urayotgan bo’lsa uni zinxor temir-tersakka qiziqtiraolmaysiz .
Muhabbatnoma
O’tmish zamonlarida bir Najot ismli oshiq yigit bo’lib , uning go’zal xislatlariga ega yana bir inson yo’q ekan .Najotning Gulijon ismli xusnda tengsiz qattiq sevgan yori bor ekan.Gulijonning ishqida tinmay Majnunona baytlar to’qir , tilida uning ismi yechilmas ,adosiz tugun ekan . Gulijon , Gulijon deb zorlanib , extiros ila aytardi .Ammo Gulijonning bag’ri tosh bo’lib , qalbida mexr-u, muhabbatdan asar yo’q ekan .SHu sababli Gulijon Najotga parvo qilmas ,parvo qilsa xam pisand qilmas ekan.Ko’zlari Samimiylikdan porlab turgan , qalbi ishqdan dengizdek to’lqilanib turgan oshiq yigitning muhabbati javobsiz qolgani va suvsiz qolgan guldek suyganidan parvarish , mexr va e’tibor topmayotganidan o’zi xam guldek bir joyda so’lib borardi .O’zini tobora xolsizlanayotganini sezib , yori o’tadigan ko’chalar tomon yo’l olib , manziliga yaqin bir tutning soyasida turolmas xolatda o’tirib , Gulijon kelishini kutardi .Azaldan aytishar qattiq sevgan kishi suyganini ko’ziga tik boqib ,dil izxorini aytishi oshiq kishi uchun eng qiyin ish deb, shu sababli Najot qalbidagi beg’ubor , pok ,nafis va go’zal tuyg’ularini kuy orqali bildirgisi kelardi.Uning yonida doim nay sozi bo’lib , mudom uni bag’rida saqlardi.Najotning eng og’ir damlarida va shodmon kunlarida quvonch-u, g’amiga sherik shu sevimli , ajralmas ,jonsiz ammo jon bag’ishlaydigan do’sti , sozi edi .Quyosh ufq tomon yaqinlashib , uni otash ranglarda bezatib , atrofga xayajonli manzaralarni tuxfa etayotgan paytda , uzoqdan Najotning ko’ziga u tomon kelayotgan Gulijon va ikki dugonasi ko’rindi . Najotning qalbida xayajondan sel toshdi .Nixoyat bu uch go’zal oshiq yigitning oldidan , beraxm va bag’ritoshlarcha nigox tashlab , kulib o’tib ketishdi . Najotning extirosli muhabbatiga ulkan dard qo’shilib , sozini qo’liga olib , o’n sakkiz ming olamni yig’latguvchi nola qildi .Olam yuzini ko’rib , lek dard ko’rmagan bulbullar va turli tuman jonzotlar bu xolatni ko’rib , eshitib umrlarida ilk bora ko’z yoshi qilar edilar . Qushlar Najotga qo’shilib nola qilar edilar . Oshiq yigit uchun kuyar edilar. Xattoki ochiq osmonda xam birdan qora bulutlar paydo bo’lib , Najotning nolasi avjiga chiqqan pallada , bulutlar xam bor vujudlari bilan hamdardlik yoshini to’kar edilar . Uning qalbidan qush bo’lib uchgan nolalar Gulijon tomonga shoshilardi . Najot ma’yus tortgan ko’zlari bilan yori tomonga boqib turar, dardli nigoxi ortingga qayt , qayt deb turardi go’yo.Nolalar bu uch qizning quloqlariga oxista yetib ilindilar va ularning ko’zlaridan mexr va muhabbat yoshi bo’lib chiqdilar .Najotning go’zal , samimiy xislatlarini o’zida jam qilgan ishqiy nolasi Gulijon va ikki dugonasini qalbini shuqadar tez o’zgartirib yubordiki ,ayniqsa Gulijonning qalbida mexr tuyg’usi tug’yon urib , bunday go’zal navodan qattiq ta’sirlanib , chidaolmay bir zumda dardga to’lgan ko’zlari bilan ortiga qayrilib Najot tomon nafislik va ulkan xayajon bilan yugura boshladi . Uning yugurgan yo’llarida go’yoki jannat gullari ochilardi .Janubdan qaytgan shamoldek u tomon shoshib ,ko’zlarida paydo bo’lgan ishq bulutlaridan tinmay sevinch yoshlarini oqizib borardi . Bu xolatni ko’rgan Najot cheksiz sevinib ,oyoqqa turib ,yori tomon madori yetguncha ildamlay boshladi .Ular shu intizorlikda xuddi ming yillik oshiqdek biri-birilariga talpindilar va et va tirnoq kabi bo’lib qo’shilib ketdilar . Go’yoki bir ta’naga ikki jon kirib bir butunlikni kasb ettidilar .Najotni muhabbatidan topgan go’zallik va qaynoq mexr uni oyoqqa turg’azib yubordi.Ular juda baxtiyor edilar . Baxtlaridan yer-u, osmon charog’on , baxtli edi . Gulijonning ikki dugonasi o’zlarini va Gulijonni o’zgartirib yuborgan mo’jizadan lol edilar . Bu mo’jizaning nomi muhabbatnoma edi

Смс Шерлар