Farzand haqida she'r
- Категории: YANGI SHERLAR
- Название: Farzand haqida she'r
- Дата релиза: 30-09-18, 20:33
Egamning in'omi farzandir aziz ne'mat,
Yahshi yomon bo'lsak-da hadyasi be'minnat.
Yig'lasa kecha-kunduz, ota- onam deb yig'lar,
Gunohlarin yuvishga, mitti yuragin tig'lar.
Ollohning marhamati buncha darig' bo'lmasa,
Osiy bandalarini mukofotlab qo'ymasa.
Tili chiqib so'zlasa, quvonchlarga to'lamiz,
Tashvish-u g'am- g'ussadan yiroqlashib qolamiz.
Bolallik gashtin surib, erkin qo'ying o'ynasin,
Beg'ubor oni g'animat, toza qalbi yayrasin.
Munchoq ko'ziga qarasang beixtiyor jilmayasan,
Ko'rgan bilganlaringni yahshilikka yo'yasan.
Haq yo'lini ko'rsatib, ezgulikka boshlaylik,
Ilmlarga qondirib, elga manzur aylaylik.
Axloq odoblarini maqtovlarga qaratsin,
Yurtin sha' n-mavqieni, dunyolarga taratsin.
Bir tirnoqqa zorlarning qo'yni farzandga to'lsin,
Farzanddan voz kechganlar xazondek umri so'lsin.
Yusupova Zulfiya.

Смс Шерлар