Главная » YANGI SHERLAR » Ko'cha to'la xonimlar
Ko'cha to'la xonimlar

Ko'cha to'la xonimlar

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Ko'cha to'la xonimlar
  • Дата релиза: 02-02-20, 16:46
Ko'cha to'la xonimlar
Ko'cha to'la xonimlar
Turli tuman taqdirlar.
Senga taluqmas ular
Halolinga yetmaydi.

Qilsa ham noz karashma
Yigit yo'ldan adashma.
Uyda mehringa tashna
Halolinga yetmaydi.

Kalta ko'ylak kiyishar
Sizni aziz diyishar.
Tan oladiku bashar
Halolinga yetmaydi.

O'zga ko'nglin xushlama
Qo'llarini ushlama.
Olqishlama,maqtama
Halolinga yetmaydi.

Libosi yal-yal bo'lar
Niyati senmas, pullar.
Shunday o'tadi ular
Halolinga yetmaydi.

Bir kun qolasan qarib
Yolg'iz bo'lasan g'arib.
Ko'nglinga qarar kulib
Halolinga yetmaydi.

Farzandlaring onasi
Ayollar durdonasi.
Birinchi,yagonasi
Halolinga yetmaydi.

Hasta bo'lsang kuygan ham
Pulsizlikda suygan ham.
Uyda qul bo'lgan sanam
Halolinga yetmaydi.

O'lsang ortingdan yig'lar
Umrin bag'shida qilar.
Senga sodiq tuyg'ular
Halolinga yetmaydi.

Aldanmagin ko'chaga
Bugun bor yo'q ertaga.
Oilang farishtasiga
Halolinga yetmaydi....

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: