Главная » YANGI SHERLAR » Kuz yomg'iri
Kuz yomg'iri

Kuz yomg'iri

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Kuz yomg'iri
  • Дата релиза: 10-10-21, 15:51
Kuz yomg'iri
Tun yarmidan o'tganda,
Uyqu qochar ko'zimdan.
Oy bulutga botganda,
Yomg'ir yog'adi birdan.

Nima bo'ldi, bu kecha?
Yig'lar osmon qizlari.
Ko'z yosh to'kmasin qancha,
Yuvilmas ishq izlari.

Mungli qo'shiq aytgandek,
Shivirlaydi tomchilar.
Yerga emas, vodarig',
Yuragimga tomchilar.

Bahor o'tib, yoz o'tib,
Kuzlar qoldi xazonda.
Ikkimizni bir ko'rmay,
Yog'ar yomg'ir osmondan.

Bu bulutlar qalbimiz,
Bezab go'zal hislarga.
Sevgi degan samoni
Tanitgandi bizlarga.

O, kuzda g'uncha ochgan
Atirgulsan bog'imda.
Asrar edim men seni,
Yuragim ardog'ida.

Singan dilimni beg'am,
Sinarmikin yomg'irlar?
Agar , men ham yig'lasam...
Tinarmikin yomg'irlar?

Abdumutalib Ergashaliyev

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: