Meni eslabsizlar shunga ham rahmat 2019
- Категории: YANGI SHERLAR
- Название: Meni eslabsizlar shunga ham rahmat 2019
- Дата релиза: 01-07-19, 15:10
Men haqimda har kuni har yerda g'iybat,
Men haqimda har kuni har yerda tuhmat,
Bilmayman yaxshimi yo yomon suhbat,
Men yaxshi ko'raman dushmanimni ham,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Yashayman goh baxtim goh dardim bilan,
Qayerda yuribman yoki kim bilan,
Yaxshi nom bilan yo yomon nom bilan,
Bilmayman yaxshimi yo yomon suhbat,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Mening aybim siz deb ijod qilganim,
Gohida ko'nglingiz ololmaganim,
Uzr, og'ir botsa birorta gapim,
Unutilmoq o'lim, yodga tushmoq baxt,
Eslab tursangizlar shunga ham rahmat.
Orzuyim emasku faqat shon-shuhrat,
Yoki soxta obro' yo soxta hurmat,
Topganim halollik, bilganim mehnat,
El ichra nomimni asrasangiz bas,
Xalqimning ishonchi menga oliy baxt.
Daryoman deb bir xil oqib bo'lmaydi,
Hammaga bir xilda yoqib bo'lmaydi,
Tun-u kun qora ter to'kib bo'lsa ham,
Hammani ko'nglini olib bo'lmaydi,
Sizda ham bizda ham har xil vaziyat,
Sizda ham bizda ham har xil kayfiyat,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Quloqqa chalinar bazida mish-mish,
Xato qilgan bo'lsam, nima bo'pti, xo'sh
Shartmi bir tuyani qirq tuya qilish,
Sizdan insof so'rab qolaman faqat,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Ko'rishganda omad tilab qo'yarlar,
Go'yoki boshimni silab qo'yarlar,
Biz senga do'stmiz deb lekin ortimdan,
Jimgina nomimni bulg'ab qo'yarlar.
Sizni kechirganman, otmasman la'nat,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Falonchi dushmaning deydi odamlar,
Senga omad kelsa hasaddan yonar,
O'rtani buzmanglar deyman har safar,
Deyman do'stim menga qilmaydi hasad,
Meni o'ylabsizlar shunga ham rahmat.
So'ylamoqdan avval, o'ylash kerak sal,
Bir chimdim gunohdan qo'rqib loaqal,
O'zing Ahad Qayum bo'lib ko'r avval,
Bekor yashamasdan, topib bekor vaqt,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat...
Men haqimda har kuni har yerda tuhmat,
Bilmayman yaxshimi yo yomon suhbat,
Men yaxshi ko'raman dushmanimni ham,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Yashayman goh baxtim goh dardim bilan,
Qayerda yuribman yoki kim bilan,
Yaxshi nom bilan yo yomon nom bilan,
Bilmayman yaxshimi yo yomon suhbat,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Mening aybim siz deb ijod qilganim,
Gohida ko'nglingiz ololmaganim,
Uzr, og'ir botsa birorta gapim,
Unutilmoq o'lim, yodga tushmoq baxt,
Eslab tursangizlar shunga ham rahmat.
Orzuyim emasku faqat shon-shuhrat,
Yoki soxta obro' yo soxta hurmat,
Topganim halollik, bilganim mehnat,
El ichra nomimni asrasangiz bas,
Xalqimning ishonchi menga oliy baxt.
Daryoman deb bir xil oqib bo'lmaydi,
Hammaga bir xilda yoqib bo'lmaydi,
Tun-u kun qora ter to'kib bo'lsa ham,
Hammani ko'nglini olib bo'lmaydi,
Sizda ham bizda ham har xil vaziyat,
Sizda ham bizda ham har xil kayfiyat,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Quloqqa chalinar bazida mish-mish,
Xato qilgan bo'lsam, nima bo'pti, xo'sh
Shartmi bir tuyani qirq tuya qilish,
Sizdan insof so'rab qolaman faqat,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Ko'rishganda omad tilab qo'yarlar,
Go'yoki boshimni silab qo'yarlar,
Biz senga do'stmiz deb lekin ortimdan,
Jimgina nomimni bulg'ab qo'yarlar.
Sizni kechirganman, otmasman la'nat,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Falonchi dushmaning deydi odamlar,
Senga omad kelsa hasaddan yonar,
O'rtani buzmanglar deyman har safar,
Deyman do'stim menga qilmaydi hasad,
Meni o'ylabsizlar shunga ham rahmat.
So'ylamoqdan avval, o'ylash kerak sal,
Bir chimdim gunohdan qo'rqib loaqal,
O'zing Ahad Qayum bo'lib ko'r avval,
Bekor yashamasdan, topib bekor vaqt,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat...
Смс Шерлар