Muhojir
- Категории: YANGI SHERLAR
- Название: Muhojir
- Дата релиза: 15-09-18, 18:15
Olis yo'llarni kezib, qadringga yetdim Vatan,
Islaringni yo'qotib, izlab halakman sarson.
Vujudim unsiz qaqshab, aylar dilimni hufton,
Shirin taftingni qumsab, qiynalaman men hamon.
O'z yurtingda o'zing bek, bo'lmog'ing afzal ekan,
Tug'ulib o'sgan makonda, boshing bo'larkan omon.
Ko'zlarimdan shashqator yoshlar oqadi ba'zan,
Qo'rqaman yetmay senga, qamrasa sarob, armon.
Erkin, ozod yashardim, baxra olib ho'p hardam,
Mag'rurlanib xalqimdan, o'tardi umrim farovon.
Musaffo osmoningni ko'rishga intizorman,
Talpinaman har nafas, bag'ringga O'zbekiston.
Yusupova Zulfiya

Смс Шерлар