Главная » YANGI SHERLAR » O‘zgarib kettik
O‘zgarib kettik

O‘zgarib kettik

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: O‘zgarib kettik
  • Дата релиза: 03-07-21, 05:02
O‘zgarib kettik
O‘tib ketdi u damlar
O‘zgaradimi odamlar
Birov birovga hozir
Bermaydiku yordamlar

Tilda shirin so‘zlaymiz
Dilda neni o‘ylaymiz
Xatto sherikni sotib
Faqat foyda ko‘zlaymiz

Ko‘rmayapti ko‘zimiz
Qotib ketdi yuzimiz
Hammasiga sababchi
Aslidachi o‘zimiz

Halololmi yo harommi
Bo‘lmay qoldi hech farqi
Ba‘zi mahsulotlarni
Aqlga sig‘mas narxi

Ayrim bir savdogarlar
Qo‘shib sotdi insofni
Berilib mol dunyoga
Unutdi oxiratni

Erk berib tilimizga
Har bir gapda so‘kindik
Yolg‘on va zalolatning
Daryosiga cho‘mildik

Mehr qoldi chetlarda
Uni ishlatmay qo‘ydik
Har kun intrnetlarda
Laykni ketidan quvdik

Kim kechdi bolasidan
Kim kechdi oilasidan
Xabar ham olmas kimlar
Otayu onasidan

Uchib shayton so‘ziga
Quchdilar nomahramni
Egallab olmoqdami
Yovuzlik bu olamni

Eh odamlar men sizga
Aytdim dardli nolamni
Kimlar bosib ketyapti
Asrab yurgan lolamni

Muallif: Abdulla Murodulla

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: