Главная » YANGI SHERLAR » Qaytar dunyo
Qaytar dunyo

Qaytar dunyo

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Qaytar dunyo
  • Дата релиза: 15-08-21, 12:19
Qaytar dunyo
Ishdan keldi o'g'il bir kun
Charchagandi muammolardan.
Lekin uyda undan battar
Ona " yomon yomonlardan"

Xotini der: baland- baland
Jonga tegdi shu onangiz.
Ishga bormay uyda qolib
Bu xolatga bir qarang siz.

Ovqat bersam idishini
Qo'l qaltirab sindiradi.
Yotgan o'rnin rasvo qilib
Xommomga kir to'ldiradi.

Olib boring onangizga
Ortiq toqat qilolmayman
Qariyalarning uyi yaxshi
Men ulardek qarolmayman.

Ona dedi:Mayli bolam
Siz aytgandek bo'laqolsin.
Yur bolajonim tayyorman
Shu kelinning ko'ngli to'lsin.

O'g'il tashladi onani
Qariyalarning uyiga ham.
Ketdi qaramay ortiga
Qalbida bo'lsa ham sitam.

Shu orada kelin kishim
Qattiq og'rib qolgan ekan.
Tomog'idan ovqat o'tmas
U ona dilin og'ritgan.

Shifokorlar deyishipti
Bu xolatga biz ojizmiz.
Hamma joyingiz soppa sog'
Nega yomon xolatingiz.

Shu zaylda kunlar o'tdi
O'g'il bordi ona tomon.
Derazadan boqar ona
Bolam deydi yana hamon.

Yaxshimisan bolajonim
Mendan xavotir olmagin.
Shu uyga kelasi safar
Bir muzlatgich olib kelgin.

O'g'il xayron nega ona?
Xayron bo'lma bolam arang.
Yillar o'tar shu joylarga
Olib kelar sening bolang.

O'sha paytda qiynalmagin
Muzlatgiching bor bo'ladi.
Bilgin bolam bu dunyoda
Qilgan ishlaring qaytadi.

Dod voy solib yig'lar yigit
Pushaymonlar endi o'tmas.
Onaning singan ko'nglini
Zo'r usta ham tuzatolmas.

Qaytar dunyo qaytar bir kun
Ko'zni ochib yumgunincha.
Qara onang qariyapti
Duo ol ko'zin yumguncha!

Muallif: Mirxalilova Shaxnoza Fayziraxmon qizi... Mirali

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: