Главная » YANGI SHERLAR » Qo'rqmaysizmi
Qo'rqmaysizmi

Qo'rqmaysizmi

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Qo'rqmaysizmi
  • Дата релиза: 17-10-21, 02:32
Qo'rqmaysizmi
O‘rnim bosarmikan duch kelgan malak,
Meningdek bo‘larmi ming joni halak,
Sovib, bo‘lib qolsam, parvoyi falak,
Meni yo‘qotishdan qo‘rqmaysizmi yor?

Qay fursatda o‘chdi ko‘ngil cho‘g‘ingiz?
Qay tomonga uchdi sevgi o‘qingiz?
Bir kun qiziqtirmay bor-u yo‘g‘ingiz,
Meni yo‘qotishdan qo‘rqmaysizmi yor?

Gʻamimni o‘zimga ortib yashadim,
Mehrsizlik zahrin totib yashadim,
Sizni yo‘qotishdan qo‘rqib yashadim,
Meni yo‘qotishdan qo‘rqmaysizmi yor?

Hasratlarga ketsa yuragim to‘lib,
Voz kechsam, baridan qo‘l siltab, kulib,
Ketsam, yoningizga hech qaytmas bo‘lib,
Meni yo‘qotishdan qo‘rqmaysizmi yor?

Bir bor so‘ramaysiz holu ahvolim,
Fikri o‘yim sizda, sizda xayolim,
Qo‘rqaman tutmasin sizni uvolim,
Meni yo‘qotishdan qo‘rqmaysizmi yor?

SHAHNOZA RO‘ZIYeVA

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: