Qora tun

Qora tun

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Qora tun
  • Дата релиза: 11-12-20, 19:30
Qora tun
Tun.....
Shafaqni sachragan cho'g'ini yutib,
Tim qora haybating olamni qoplar.
Kaftingda ufurgan nafasing ortib,
Bir tomchi marjondek ummonni ho'plar.

Atrofni qamragan go'zal qora tun,
Darding ne yashirinib olis qochasan.
Sukunat ichida nigoxing maxzun,
Armonlar bag'rida hijron quchasan.

Charag'on yulduzlar charos ko'zida,
Yashaysan olamni nurin simirib.
Chambarak gardishning sarxush yuzida,
Maqzadsiz kezasan qayon izg'irib.

Shamollar ermaklar unsiz nolangni,
Vujudingni jonlatar baland qoyalar.
Oxista shivirlab aytgan allangni,
Sarmastidan tong vaqt nixoyalar.
Tun.....

Yusupova Zulfiya.

Новые смс стихи
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: