Yo'qotmaylik vijdonni (2019)
- Категории: YANGI SHERLAR
- Название: Yo'qotmaylik vijdonni (2019)
- Дата релиза: 25-09-18, 16:07
Tashvishsiz hayot bormi? Qo'yging dunyo g'amini,
Og'udek sanchib borar, totib yursang ta'mini.
Chap berganni yiqitib, qamrar o'rgimchak to'ri,
Vujudingni yemirib, simirar ho'p qo'nxori.
Maqsad sari intilgin, so'ndirmay quvonchingni,
Gumonlarga bormagin, unutib ishonchingni.
Insonning puli emas, go'zal xulqi ziynati,
Eng oliy martabasi, topgan halol mehnati
Birgina shirin kalom ravshan etgay olamni ,
Bulbullar jo"r sayrasa, obod etar chamanni.
Jilmayib qiyo boqsang, charog'on aylar dillarni,
Anga maftun bo'lsa kim, ochilar ko'ngillari.
Bebaho hikmat ko'pdir, chaqsang asl mag'zini,
Aqling charxlanib borar, anglar yashash tarzini.
Fursatni boy bermasdan, qadrlaysan vaqtingni,
Ezgu amallar bilan, so'ndirmaysan shahdingni.
Iymoningni but qilsang, qochar shayton to'dasi,
Nafsingga erk bermasang, yog'ilar savob sasi.
Yashagin odam bo"lib, to'g'ri qarorni tanlab,
Ohir taroziga solinur, gunohing umr bo'ylab.
Boshingga kulfat tushsa, oldirmagin o'zingni,
Ojizman deb qaygurib, shuvit qilma yuzingni.
Kelib-ketaveradi, qayg'udan yurgin nari,
Yengilsak quchib asta, avrar savoblar bari.
Ko'rdik qanday kerilib, jarga g'arq bo'lganlarni,
Boyligin ko'z-ko'z qilib, g'aflatda qolganlarni.
Kim bo'lsangda chiranma, sen ham Olloh bandasi,
Istasa olib qo'yar barokotin hammasin.
Yaratdi Tangrim bizga aql yetmas borliqni,
Qalbimizga jo etdi ilohiy his yorliqni.
Toki hayot ekanmiz, savob ishlar qilaylik,
Mushkullar ham yechilar, dilga malham bo'laylik.
Yusupova Zulfiya.

Смс Шерлар