Yurakdan yig`lashni bilishi kerak 2017
- Категории: YANGI SHERLAR
- Название: Yurakdan yig`lashni bilishi kerak 2017
- Дата релиза: 24-03-17, 11:18
Savdoiy yurakning nolishi kerak,
Ijodkor telbaroq bo'lishi kerak,
Shodlansa dunyoga to'lsin kulgusi,
Yurakdan yig'lashni bilishi kerak!
Ro'zg'or tashvishlari, tartibli hayot,
Aylantirib qo'yar oddiy odamga.
Kechir orzularim, kechir iste'dod,
Salgina chang bossa ijodxonamga.
Oila bunchalar shirin bo'lmasa,
Qaerda kechagi devona Ahad,
O'zimga ozgina vaqt ajratay deb,
Qalamimga biroz qildim xiyonat!
Ijodkor kamtarroq bo'lishi kerak,
Uyalmog'i kerak maqtov shov shuvdan,
Menchi o'z ustimda ishlash o'rniga,
O'zimga mahliyo bo'lib yuribman.
Qog'ozdagi baxtim yo'qolib ketdi,
O'z oldimda qadrim yo'qolib qoldi,
Baxtim eshik qoqqan kunlardan boshlab,
Yuragimda dardim yo'qolib ketdi.
Afsus kechagidek yonolmayapman,
O'zim xoxlagandek yozolmayapman,
O'zim bilan o'zim yolg'iz xonada,
So'zlardan guldasta tizolmayapman.
Biroz o'ylang tanqid qilishdan avval,
To'xtaganim yo'qku kitob o'qishdan,
O'zimning ham ko'nglim
To'lmaydi, har kun,
Talab taklif bilan maxsus yozishdan...
Ikkita qo'limda ikkita kishan,
Bir tomon she'riyat, bir tomon san'at.
Ammo, xayolimni jodulab olgan,
Meni mast aylagan kinosanoat!
Yillar o'zgartirar ekan odamni,
Yo'llar o'zgartirar ekan odamni,
Qay kasbda bo'lsam ham
Nazardan qolmay,
Ishonchin oqlasam bo'ldi otamni.
Tirikchilik qirqib qo'yar qanoting,
Hech kimsa eshitmas balki faryoding,
Balki bir tartibda ketmas hayoting,
Yurak bir manzilda qo'nishi kerak,
Ijodkor telbaroq bo'lishi kerak...
Ijodkor telbaroq bo'lishi kerak,
Shodlansa dunyoga to'lsin kulgusi,
Yurakdan yig'lashni bilishi kerak!
Ro'zg'or tashvishlari, tartibli hayot,
Aylantirib qo'yar oddiy odamga.
Kechir orzularim, kechir iste'dod,
Salgina chang bossa ijodxonamga.
Oila bunchalar shirin bo'lmasa,
Qaerda kechagi devona Ahad,
O'zimga ozgina vaqt ajratay deb,
Qalamimga biroz qildim xiyonat!
Ijodkor kamtarroq bo'lishi kerak,
Uyalmog'i kerak maqtov shov shuvdan,
Menchi o'z ustimda ishlash o'rniga,
O'zimga mahliyo bo'lib yuribman.
Qog'ozdagi baxtim yo'qolib ketdi,
O'z oldimda qadrim yo'qolib qoldi,
Baxtim eshik qoqqan kunlardan boshlab,
Yuragimda dardim yo'qolib ketdi.
Afsus kechagidek yonolmayapman,
O'zim xoxlagandek yozolmayapman,
O'zim bilan o'zim yolg'iz xonada,
So'zlardan guldasta tizolmayapman.
Biroz o'ylang tanqid qilishdan avval,
To'xtaganim yo'qku kitob o'qishdan,
O'zimning ham ko'nglim
To'lmaydi, har kun,
Talab taklif bilan maxsus yozishdan...
Ikkita qo'limda ikkita kishan,
Bir tomon she'riyat, bir tomon san'at.
Ammo, xayolimni jodulab olgan,
Meni mast aylagan kinosanoat!
Yillar o'zgartirar ekan odamni,
Yo'llar o'zgartirar ekan odamni,
Qay kasbda bo'lsam ham
Nazardan qolmay,
Ishonchin oqlasam bo'ldi otamni.
Tirikchilik qirqib qo'yar qanoting,
Hech kimsa eshitmas balki faryoding,
Balki bir tartibda ketmas hayoting,
Yurak bir manzilda qo'nishi kerak,
Ijodkor telbaroq bo'lishi kerak...
Смс Шерлар