Oybek Hayoti Haqida
- Категории: Yulduzlar hayoti va ijodi haqida
- Название: Oybek Hayoti Haqida
- Дата релиза: 27-05-14, 00:14
Oybekning tarjimai holi
Men Alimov Oybek Bahodirovich 1987 - yil 8 oktabr kuni Toshkent shahrida xizmatchilar oilasida tug'ildim. Oilam haqida qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsam, oilada 4 kishimiz: ota - onam, akam va men.
Otam - Alimov Bahodir Turg'unovich (1962 yil, Toshkent shahri).
Onam - Alimova Nodira Sattorovna (1963 yil, Toshkent shahri).
Akam - Alimov Javlon Bahodirovich (1986 yil, Toshkent shahri.
Hamma jajji bolalar kabi bog'chaga, so'ngra 1994 - yil 29 - o'rta maktabning 1 - e sinfiga borganman. Shu maktabning 2 - sinfini tamomlagach, yangi uyga ko'chganimiz tufayli 3 - sinfni 39 - tayanch maktabida davom ettirganman. Yoshligimdan sport turlaridan futbolga qiziqardim. Darslardan bo'sh vaqtimda "Istiqlol" futbol maktabida, futbolning o'ziga xos sirlarini o'rganar edim. Hattoki futbol o'ynayotganimda oyog'imni ham sindirganman. 2003 - yilda 9 - sinfni tamomlagach, ba'zi sabablarga ko'ra 2 yil mobaynida o'qishni davom ettira olmadim. Hatto "Istiqlol" futbol maktabini ham tashlab ketdim. Ammo yoshligimdan sportdan tashqari musiqa san'atiga qiziqishim kuchli bo'lganligi sababli keyinchalik "Konsanans" nomli musiqa to'garagiga qatnashdim.
Nihoyat, 2005 - yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi Respublika musiqa kollejiga imtihon asosida o'qishga qabul qilindim. U yerda "Akadem xonandalik" bo'limida O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist Serjanov Kenezboy Jumaboyevichdan tahsil oldim. Shu yilning noyabrida "Akfa Media" prodyusserlik markazi ochilgani va u yerda yakkaxon ijrochilikka qiziquvchi yoshlar o'rtasida tanlov o'tkazilayotgani haqida xabar topdim. Menda o'zimni sinab ko'rish uchun imkoniyat paydo bo'lgan edi va albatta bu imkoniyatdan unumli foydalangan holda tanlovda qatnashishga qaror qildim. Bu tanlovda kollejimizdan juda ko'plab yigit - qizlar ham o'z nomzodlarini ko'rsatishgan edi. Ular orasida sizga yaxshi tanish Nigora va Ziyodalar ham shular jumlasidandir. Tanlovda Nigora, Ziyoda va men g'olib deb topildik. Uzoq tayyorgarliklardan so'ng, ilk taronam "Yuragimda" efir orqali jarang sochganida o'zimni qo'yarga joy topa olmaganman. Men bilan birga Ziyoda va Nigoraga ham qo'shiq yozilib, uni ham efir orqali taqdim qilindi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng, Nigoraga yana bir qo'shiq yozildi va uni duet shaklida kuylash rejalashtirildi. Bu duetdosh men bo'lib chiqdim. Yodingizda bo'lsa, Nigora bilan ilk duet qo'shig'imiz "Izlayman" edi. Ko'plab tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi.
Shundan so'ng rahbariyatimiz yana bir duet qo'shiq yaratish taklifini bildirdi va "Sen uchun" nomli duet tarona dunyoga keldi. Ikkinchi duet qo'shiq TV orqali taqdim qilingandan keyin bizni Oybek va Nigora dueti deb taniy boshlashdi. Intilishlarimiz va ijodimiz orqasidan ko'plab olqishlarga sazovor bo'ldik. Shu bilan birga ko'plab mukofotlarga erishdik. Jumladan, turli xil tashakkurnomalar, fahriy yorliqlar, 2006 - yil "Yil yangiligi" nominatsiyasida va eng asosiysi 2008 - yilda "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lishimiz biz uchun kutilmagan holat edi. "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lganimizdan so'ng, Oybek va men musiqiy bilimlarimizni yanada mustahkamlash uchun 2009 yilda O'zbekiston Davlat San'at institutiga imtiyozli tarzda qabul qilindik. Hozirda ushbu institutning "Estrada aktyorligi" fakultetining 1 - bosqich talabasimiz. 2010 yilga kelib "Akfa Media" prodyusserlik markazi bilan tuzgan shartnoma muddati o'z nihoyasiga yetganligi sababli ijodimizni mustaqil davom ettirishga qaror qildik. Muxlislarimiz bundan hech ham hafa bo'lishmadi. O'ylaymizki, kelajakda o'zimizning ijodimiz bilan dunyo miqiyosiga ko'tarilib, bundanda katta yutuqlarga erishamiz...

Смс Шерлар