Shahzoda hayoti va ijodi
- Категории: Yulduzlar hayoti va ijodi haqida
- Название: Shahzoda hayoti va ijodi
- Дата релиза: 27-05-14, 00:13
Shahzoda tahallusi ostida ijod qilayotgan go'zal va betakror Zilola Musayeva 1979-yilda Farg'ona shahrida filolog va falsafa fanlari doktori oilasida tavallud topdi. U bolaligidan musiqa bilan yashashni boshladi. 9 yoshigacha u Moskvada yashadi. So'ng Toshkentga qaytib o'z ijodini boshladi. Maktab yoshidanoq Zilola vokal bilan shug'ullanardi. Oliygohga kirganda esa u "Jonim" guruhining solisti edi va aynan uning birinchi albomi ham taniqli kompozitor Vagif Zokirov tashabbusi bilan ana shu guruhda yoziladi. 2001-yildan esa Shahzoda o'z ijodini "Tarona rekords" rekord kompaniyasi bilan davom ettiradi. 2003-yilda xonanda o'zining birinchi yakkaxon konsertini o'z mhlislariga taqdim etadi. U o'zining konsert dasturlari bilan gastrol safarlariga Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hattoki MDH davlatlari Kavkaz va Zakavkazyelarda ham uni katta olqishlar ila kutib olishdi. Xonanda o'zining "Bor ekan", "Baxt bo'ladi", "Keragimsan", "Baxtliman", "Assalomu Aleykum" nomli albomlarini o'z muhlislari e'tiboriga havola eta oldi. Shahzoda nafaqat qo'shiq kuylab muhlislar ko'nglidan joy oldi, balki 10dan ortiq filmlarda, ya'ni "Fotima va Zuhra", "Majruh", "Sevinch", "Layli va Majnun", "Sarvinoz", "Zumrad va Qimmat" filmlarida bosh rollarni qoyilmaqom qilib ijro etgan. Shahzoda bir qancha mukofotlar sovrindori ham bo'lgan. 2003-yil Tarona taqdimotida "Yilning eng yaxshi kuychisi" nominatsiyasiga, 2004-yilda "Yil albomi", 2005-yilda "Keragimsan" qo'shig'i bilan "Yil qo'shig'i" nominatsiyasini qo'lga kiritadi.
Смс Шерлар