Ulug'bek Rahmatullayev (Hayoti va Ijodi)
- Категории: Yulduzlar hayoti va ijodi haqida
- Название: Ulug'bek Rahmatullayev (Hayoti va Ijodi)
- Дата релиза: 26-05-14, 23:52
Ulug'bek Rahmatullayev 1982-yil 29-yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolaligida Ulug'bek juda ham sho'x bo'lgan. Maktabda ham o'qishga sira hohishi bo'lmagan. Xattoki u beshta maktabga borgan va nihoyat u 8-o'rta maktabni bir amallab tamomlaydi. Bog'cha va maktablardagi musiqa asboblari, ayniqsa mikrofonni olib qo'shiq kuylab, she'r aytishni juda ham sevardi. Maktabni bitirgandan so'ng Ulug'bek Raxmatullayev Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining "Markaziy Osiyo Xalqlari tarixi" fakultetini tamomlaydi. San'at borasida esa u ilk ijodini 1999-yilda "Yorim yoniga borsam" qo'shig'i bilan boshlaydi. Bu qo'shiq xit tarona darajasiga yetadi. So'ng 2004-yilda esa yoshlarning sevimli shoiri Bobur Bobomurod qalamiga mansub bo'lgan "Oydin, oydin kechalar", "Sevma", "Sen ketding" va "Kapalak" qo'shiqlari hamda Ulug'bek Raxmatullaevning barcha-barcha qo'shiqlari xit darajaga yetgan. Hozirgi vaqtgacha xonandaning 70dan ortiq qo'shiqlari, 20dan oshiq kliplari va "Sevma", "Sen ketting", "Kapalak" albomlari o'z muhlislari yuragidan joy olgan. Ulug'bek Rahmatullayev ko'pgina Davlat mukofotlariga ham sazovor bo'ldi. 2007-yil "Nihol" mukofotini, hamda huddi shu yili M&TVA AWARDS taqdimotida "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" va "Eng yaxshi klip" uchun nominatsiyasini qo'lga kiritdi.
Смс Шерлар